AQŞ senati 24 oktabrdagi yiğilişida yaqinda mamlakatda yuz bergan dovullar va örmon yonğinlari oqibatida jabrlangan hududlarga yordam beriş uçun 36,5 mlrd dollar ajratiş qonun loyihasini qabul qildi. Bu qaror uçun aksariyat senatorlar ovoz berdi. Endi loyiha prezidentga imzo qöyiş uçun topşiriladi.   

Umumiy qiymatdan 18,7 mlrd dollari favqulodda vaziyatlar böyiça federal boşqarma uçun möljallangan. Bu boşqarma Texas, Florida va Puerto-Rikoga yopirilgan dovullar oqibatlarini bartaraf etiş bilan şuğullanmoqda. Bu mablağlar şuningdek aholiga imtiyozli kreditlar beriş uçun işlatilişi mumkin. Yana 16 mlrd dollar uy-joyidan ayrilgan aholiga suğurta tölovlarini tölaş uçun sarflanadi.

Kaliforniyadagi örmon yonğinlariga qarşi kuraşayotgan öt öçiriş xizmatlari 576,5 mln dollar olişadi. Qolgan 1,27 mlrd dollar mablağ esa Puerto-Riko aholisiga oziq-ovqat xarid qiliş uçun sarflanadi.

Bu dovullardan jabrlanganlarga yordam beriş haqidagi birinçi qonun loyihasi emas. Sentyabr boşida kongress Texas uçun 15,25 mlrd dollar ajratilişini tasdiqlagandi. Bu qonun loyihasi muhokamasi vaqtida demokrat senatorlar Tramp ma'muriyatini yuzaga kelgan inqirozni hal qilişda juda sekin harakat qilişda ayblaşgandi.