Yevropa tiklaniş va taraqqiyot banki (YeTTB) noyabrda Özbekistonda öz ofisini oçadi. Bu haqda YeTTB prezidenti Suma Çakrabarti Özbekiston rahbari Şavkat Mirziyoyevga yöllagan maktubida ma'lum qildi.
YeTTB rahbarining ta'kidlaşiça, Yevropa tiklaniş va taraqqiyot banki birinçi vitse-prezidenti Fil Bennett va tavakkalçiliklar böyiça vitse-prezident Betsi Nelson noyabr oyi boşida Toşkentga taşrif buyuradi.
“Uşbu taşrif doirasida vakillarimiz YeTTBning Toşkentdagi vakolatxonasini rasmiy ravişda oçadi, hukumatingiz vakillari bilan qator uçraşuvlar ötkazadi, şuningdek, 10-11 noyabr kunlari Samarqand şahrida bölib ötadigan Markaziy Osiyoda xavfsizlik va izçil taraqqiyot masalalari böyiça oliy darajadagi xalqaro konferensiyada iştirok etadi”, - degan Suma Çakrabarti.











