Hindiston hukumati Xitoy bilan çegarada qöşimça 50 ta post qurib, ularning sonini 176dan 226ga qadar köpaytirmoqçi. Bu haqda mamlakat içki işlar vaziri Rajnatx Singx (Hindistonda çegaraçilar IIV tizimiga kiradi – tah.) Hindiston-Xitoy çegarasidan qaytib kelgan harbiy xizmatçilar oldida sözlagan nutqida ma'lum qildi.

"Biz özimizning tezkor imkoniyatlarimiz hamda moddiy-texnik bazamizni kuçaytirişga harakat qilmoqdamiz. Yaqinda hukumatning 50ta yangi çegara postini quriş böyiça taklifini oldik, hamda biz buning ustida işlamoqdamiz", - deya Singxning sözlarini keltiradi Times of India gazetasi.

Naşr ma'lumotlariga köra, Xitoy bilan çegarada (uning masofasi 3488 km.ni taşkil etadi) qöşimça törtta batalon – 4 mingdan ortiq harbiy xizmatçilar joylaştiriladi. Bu qaror har bir post nazorat qiluvçi çegara uçastkalari örtasidagi masofasini qisqartiriş, hamda harakatlar muvofiqligini yaxşilaşga qaratilgan.