Özbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirining eng yoş örinbosari Alişer Sa'dullayev Respublika namunali maktablarida taşkil etilgan yoşlar yetakçilarining xonasi qanday körinişda bölişini namoyiş etdi.
Vazir örinbosarining aytişiça, xonaning kengligi 9x6 m kenglikda bölib, unda yetakçi uçun iş stoli, multi-şaklga özgaruvçi öquvçi partalari, zamonaviy taqdimotlarni ötkaziş uçun proyektor mavjud. Şuningdek, xonada ilmiy va badiiy kitoblar javoni ham taşkil etilgan.
Alişer Sa'dullayevning xabariga köra, ayni paytda Respublikaning 14ta namunali maktabida ana şunday xonalarni foydalanişga topşiriş rejalaştirilgan. Kun.uz xabar berganidek, Toşkentdagi Xalqaro Vestminster universitetida malaka oşirgan maktab yetakçilari ilk zamonaviy xonalarda iş boşlaydi.











