Tsukerbergning kapitali har yili örtaça 9 milliard dollarga oşib bormoqda - biroq uning mol-mulki röyxatida na yaxtalar, na superkarlar va na xususiy samolyotlarni köriş mumkin. BusinessInsider nima uçun şunday ekaniga izoh berdi.

Facebook ijtimoiy tarmoğining 33 yoşli asosçisi va rahbari Mark Tsukerberg 74 milliard dollar mablağga ega - yillar ötgan sari bu raqamlar ösib bormoqda.

Bloomberğs Billionaires Index'ga köra, Tsukerberg sayyoraning eng badavlat kişilari orasida beşinçi örinni egallaydi, biroq u haşamatdan yiroq. Eng yangi avtomobillar, dizaynerlik liboslari va kurortlar böylab sayohatlar - bularning bari unga xos emas.

"Hadya va'dasi" filantrop taşkiloti va Chan Zuckerberg Initiative fondi hammuassisi Mark Tsukerberg öz boyligining katta qismini xayriyaga safarbar etadi. 

Xöş, Mark Tsukerberg va Pristsilla Chan öz milliardlarini nimalarga sarflaşadi?

Foto: Shannon Stapleton/Reuters

2012 yilning mayida, ya'ni asos solingan kunidan sakkiz yil ötib, Facebook Nyu-York fond birjasida debyut qildi. Öşanda bu voqea tarixdagi eng yirik texnologik IPO sifatida jarang soçgandi. Şundan buyon Tsukerberg aktivlarining sof bahosi örtaça 9 milliard dollarga oşib bordi.

Foto: Facebook/Zuck

Dunyoning eng badavlat texnomagnatlaridan biri mavqeiga qaramay, Tsukerberg turmuş örtoği Pristsilla Chan va ikki qizaloği bilan kamtarona hayot keçiradi.