Ispaniya qiroli Filipp VI Kataloniyaning Jirona şahri kengaşi tomondan persona non grata deb e'lon qilindi. Bu şaharda Kataloniya mustaqilligi tarafdorlari pozitsiyalari kuçli hisoblanadi. Bu qaror 24 oktabrda Jirona şahar kengaşi tomondan qabul qilingan.
Ispaniya qirolining şahar uçun nomaqbul şaxs deb e'lon qilinişi taklifi şahar kengaşining yalpi majlisida köpçilik tomondan qöllab-quvvatlandi. Şuningdek, Ispaniya hukumatining Kataloniyadagi vakili Enrik Miyo ham nomaqbul şaxs deb topilgan.
Jirona şahar kengaşi Ispaniya konstitutsiyasining 155-moddasi qöllanişiga qarşi çiqqan. Uşbu moddada Kataloniyada mahalliy boşqaruvning vaqtinçalik çeklanişi taklif qilingan. Avvalroq bu taklif Barselona şahar kengaşi tomondan rad etilgandi.
Barselona meri birinçi örinbosari Xerardo Pisareloning ta'kidlaşiça, qirol va uning oilasi a'zolarining nomaqbul şaxslar deb e'lon qilinişi "maqsadga muvofiq emasdir" hamda Barselona va Madrid örtasidagi ixtilofni hal qilişda heç qanday foyda keltirmaydi.












