Qonunçilik palatasi deputatlari çet el fuqarolari va fuqaroligi bölmagan şaxslarning Özbekistonda bölişini nomaqbul deb topiş asoslari va tartibini belgilovçi qonun loyihasini uçinçi öqişda qabul qildi.
Qonun loyihasi bir guruh deputatlar tomonidan qonunçilik taşabbusi asosida işlab çiqilgan. U «Özbekiston Respublikasida çet el fuqarolarining va fuqaroligi bölmagan şaxslarning huquqiy holati töğrisida»gi qonuniga özgartiriş va qöşimçalar kiritişni nazarda tutadi.
U bilan Özbekistonning davlat suverenitetiga, hududiy yaxlitligiga va xavfsizligiga zid bölgan, davlatlararo, ijtimoiy, milliy, irqiy hamda diniy adovatni keltirib çiqaruvçi, Özbekiston xalqining şa’ni, qadr-qimmatini yoki tarixini tahqirlovçi mazmundagi ommaviy çiqişlar qiliş yoxud harakatlar sodir etiş şaxsni Özbekiston Respublikasida bölişini nomaqbul deb topiş uçun asos bölişi belgilanmoqda.
Şuningdek, mazkur toifadagi çet el fuqarolari yoki fuqaroligi bölmagan şaxslarga beş yil davomida Özbekistonga kiriş, banklarda hisobvaraq oçiş, köçmas mulk sotib oliş, davlat mulkini xususiylaştirişda iştirok etiş, moliyaviy va şartnomaviy munosabatlarga kirişişni taqiqlaş taklif etilmoqda. Qonun loyihasida mamlakatda bölişi nomaqbul deb topilgan şaxslarni deportatsiya qiliş asoslari va tartibi ham nazarda tutilgan.












