Saudiya Arabistoni valiahd şahzodasi Muhammad bin Salmon Ol-Saud kelajakda qirollikda Neom (Neom) nomli innovatsion-savdo şahri yaratilişi rejasi haqida ma'lum qildi. 

"Saudiya Arabistoni 2030 yilgaça taraqqiyot strategiyasi doirasida Neom nomli yangi avlod global şahrini yaratadi. U taraqqiyotlar kesişadigan global markazga aylanuvçi innovatsion xab bölişi kutilmoqda", - deyiladi yangi loyiha taqdimotida. Mazkur loyiha Ar-Riyodda bölib ötayotgan Future investment initiative forumida namoyiş etildi. 

Kelgusi avlodlar şahrining maydoni 26 ming kvadrat kilometrni taşkil qiladi, u mamlakat şimolida joylaşgan böladi. Loyiha işlab çiquvçilari ğoyasiga köra, Neom arab mamlakatlari, Afrika, Osiyo, Yevropa va Amerikani iqtisodiy jihatdan boğlaşi kerak. 

Yangi şahar sarmoyaçilarga 500 milliard dollardan ziyod daromad keltirişi kutilmoqda.