Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev Turkiyaga yetib bordi. «Anadolu» agentligi xabariga köra, prezident mingan samolyot Anqaraga qöngan.

Özbekiston prezidentini «Esenboğa» aeroportida Turkiya boş vaziri örinbosari Bekir Bözdoğ va boşqa rasmiy şaxslar kutib olişgan.

Aeroport ikki mamlakat davlat bayroqlari bilan bezatilgan. Özbekiston delegatsiyasi şarafiga faxriy qorovul saf tortdi.

Şavkat Mirziyoyev taşrif doirasida Anqaradagi prezident qarorgohida Rajab Toyyib Erdöğan bilan muzokaralar ötkazadi.

Oliy darajadagi muzokaralar çoğida Özbekiston va Turkiya örtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiya va boşqa sohalardagi hamkorlikni kengaytiriş, global hamda mintaqaviy tahdid va xatarlarga qarşi birgalikda kuraşiş masalalari muhokama qilinadi, xalqaro muammolar yuzasidan fikr almaşiladi. 

Özbekiston delegatsiyasi, şuningdek, Istanbul şahriga ham taşrif buyuradi. 

Taşrif yakunlari böyiça davlat rahbarlarining Qöşma bayonoti qabul qilinişi, turli sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantiriş, jumladan, Özbekiston va Turkiya işbilarmon doiralari örtasida özaro manfaatli aloqalar uçun qulay şaroitlar yaratiş, sayyohlar almaşinuvi va madaniy-gumanitar aloqalarni faollaştirişga qaratilgan köplab hukumatlararo va idoralararo hujjatlar imzolanişi rejalaştirilgan.