Guliston şaxar IIB Tergov bölimining ma'lumotiga köra, tergov harakatlari davomida aniqlanişiça, nomalum şaxs özganing mulkini yaşirin ravişda qölga kiritiş maqsadida, Guliston şahar, 4-mavze, 45-uy, 9-xonadoniga Sirdaryo “Öztelekom” filiali bilan tuzilgan şartnomaga asosan örnatilgan adreslar orqali internet manzildan foydalangan holda 2017 yil may oyidan 2017 yil iyun oyi oxiriga qadar bölgan vaqt oraliğida 17 nafar fuqarolarning jami 1.021.026,55 sömlik internet MB trafigini öğirlab olib, öz manfaati yölida foydalanib kelgan. Bu haqda KUN.UZ’ga Guliston şahar IIB xabar berdi.
Mazkur jinoyat işi böyiça olib borilgan tezkor suriştiruv işlari va Sirdaryo viloyat “Öztelekom”dan olingan ma'lumotnoma natijasida 16.10.2017 yilda uşbu jinoyatni 1998 yilda Guliston şahrida tuğilgan muqaddam sudlanmagan, mavsumiy işçi, Guliston şahrida yaşovçi F.X. sodir etganligi aniqlangan.
Fuqaro F.X.ga Özbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 3-qismi “b” bandi bilan ayblov e'lon qilinib, unga “garov” ehtiyot çorasi qöllanilgan.












