Mavsum davomida barça musobaqalarda yuzdan ortiq gol uradigan jamoalar Yevropada köp bölmaydi, «Mançester Siti» esa, oktabr oyi tugamasdanoq, 44 gol urib böldi. Jamoa qatorasiga 11 öyinda ğalaba qozondi, ligada ta'qibçilarini 5 oçko ortda qoldirib ketmoqda, Yurgen Klopp ularni çempion deb e'lon qildi, Joze tili bilan zarba beraman deb qöşnilarining ojiz nuqtasini topa olmayapti, Venger esa, hozirdan Pep Gvardiola şogirdlari mavsumni mağlubiyatsiz yakunlay oladilarmi, yöqmi, şu mavzuda gapirib yotibdi.

Rostan ham Pepning «Mançester Siti»si Angliyadagi an'analarni buzgan holda, muddatidan avval berilgan taxminlarni röyobga çiqarişga qodirmi? Nafaqat Angliya maydonlarida, balki Yevropada bugungi kunda eng çiroyli va sermahsul öyin körsatayotgan jamoaga kelajakda, Angliya va Yevropa maydonlarida nima xalaqit berişi mumkin? Keling, şu haqida gaplaşamiz.      

PASAYIŞ va JAROHATLAR

Pep Gvardiolaning özi ham jamoasining mavsum oxirigaça xuddi şu tempda borişlariga işonmayapti va albatta, barça jamoa va barça mavsumlardagi kabi, «Siti» öyinini ham bir muddat pasayişlar kutib turgan bölişi mumkinligini, qaçondir ular ham mağlubiyatga uçraşlari mumkinligini tan oldi. Jumladan, «Napoli»ga qarşi öyinning 2-bölimida mehmonlarning taşabbusga ega bölganlarini ispaniyalik mutaxassis şogirdlarining çarçab qolgani bilan izohlagandi.

Albatta, haftada ikki öyin rejimida töp suradigan jamoa butun mavsum mana şunday öynaşi qiyin. Çempionlar Ligasi hal qiluvçi bosqiçlari örtaga kiradigan bahor oylari, balki undan ham oldinroq, dekabrdagi ziç taqvimda «Mançester Siti» oçko yöqotişi va ta'qibçilariga imkon berib qöyişi mumkin. Oçko zaxirasisiz esa, bugungi yengillik, işonç va sehr yöqoladi – bu xislatlar bugungi «Siti»ning eng katta ustunligi bölib turibdi.

Jyezus, Sane yoki Sterling har qançalik foydali bölmasinlar, jamoa öyini asosan uç futbolçiga, Kevin de Bryuyne – miya, Serxio Aguero – yakunlovçi va Fernandinoga – yurak, boğliqdir. Yuqorida sanalgan yoş futbolçilar bilan muhim öyinlarda yoki ma'lum masofada barqaror natijaga erişib boriş ilojsizdek tuyuladi. Kevin De Bryuyne va Agueroning esa, jarohatlarga moyil ekanliklariga avvalgi mavsumlarda guvohi bölganmiz. Menimça, APLdagi heç qaysi klub öz futbolçisiga «Mançester Siti» De Bryuynega boğlangançalik muhtoj bölmasa kerak.    

HADDAN TAŞQARI UZVIYLIK