Kelasi yili Islandiya va Panama terma jamoalari öz tarixlarida ilk bor mundialda iştirok etadi, misrliklar esa, 28 yillik tanaffusdan söng, bunday şarafga munosib bölmoqda. Forbes.ru aksariyat futbol muxlislari uçun biroz begona bölgan uşbu terma jamoalarga yaqindan nazar soldi va bu terma jamoalar qöyidagi ma'lumotlarni havola qildi. 

ISLANDIYa

Terma jamoa futbolçilarining umumiy qiymati – 59 million yevro (Transfermarkt.com asosida)

Yulduz futbolçi: Gulfi Sigurdsson – 25 million yevro

Boş murabbiy: Xaymir Xadlgrimsson.

Islandiya terma jamoasi Yevro-2016 final bosqiçida iştirok etiş huquqini qölga kiritganida, aksariyat mutaxassislar bu holatni turnir qatnaşçilari soni oşişi bilan boğlaşgandi. Yevropa çempionati taşkilotçilari iştirokçilar sonini 16tadan 24taga kötarişgan edi. Ammo Fransiya maydonlarida islandiyaliklar aksini isbotladilar va deyarli barça betaraf muxlislar ularni yaxşi körib qolişdi. Terma jamoa guruhdan çiqib, 1/8 finalda Angliyani yengişni uddalaşdi va çorak finaldagina maydon egalariga imkoniyatni boy berib, turnirni tark etişdi.

Bularning hammasini murabbiyi stomatolog, darvozaboni turli reklama roliklari va musiqiy kliplar rejissyori, sardori esa, 15 yil handbol bilan jiddiy şuğullangan jamoa uddalagandi.

Şunday bölsa ham, Islandiyaning jahon çempionatiga çiqişiga köpçilik işonqiramagandi. Islandlar bilan bir guruhda Xorvatiya, Turkiya va Ukraina kabi jamoalar joy olgandi, töğridan-töğri yöllanma esa, faqat bir dona. Ammo bu safar ham qahramonlar vazifani uddalaşdi – himoyadagi intizom, samarali qarşi hujumlar va albatta, mahalliy muxlislarning (hal qiluvçi öyinda mamlakat prezidenti öyinni stadionda, oddiy muxlislar qatorida tomoşa qildi) qöllab-quvvatlaşlari Islandiyaning asosiy quroliga aylandi. Turnirdagi jamoa töpurari esa, yarim himoyaçi Gulfi Sigurdsson böldi.  

 

MISR

Terma jamoa futbolçilarining umumiy qiymati