Xitoy kommunistlari yetakçisi Si Jinping kelgusi davrda kimlar bilan işlaşini ma'lum qildi. Mamlakatda hukmron Kommunistik partiyaning eng qudratli va vakolatli organiga Politbyuro tarkibiga yetti nafar nomzod saylangani, ularning kim ekanligi barçaga ma'lum. Ulardan beş nafari yangi yuzlar bölib, amaldagi rahbarning 2022 yili kotiblik muddati tugagaç, eng yoş Politbyuro a'zosi 65 yoşda bölişi aytilmoqda.

Xitoyşunos tahlilçi Jeymes MakGregorning aytişiça, ular Birinçi kotibning raqiblari emas, balki maslahatçisi sifatida iş olib borişi kutilmoqda. Uning taxminiça, Jinping ham Den Syaopin kabi vakolati tugagandan keyin ham, mamlakat boşqaruviga bilvosita ta'sir qilib turadi.

Jinping ilk bor Politbyuro tarkibiga qöşilganda 54 yoşda edi, 2007 yilning özida yana bir boşqa nomzod, Çen Min esa 57 yoşda bölib, u Kommunistik partiya 25taligiga saylaniş bilan kifoyalangandi.

Ayni paytda Oliy organ tarkibida ayol kişi körinmayapti, şuningdek, örinbosar Li Ketsyandan boşqa barça a'zolar «almaştirilgan». 60 yoşli Politbyuroning eng yoş a'zosi Çjao Lei partiyaning poraxörlikka qarşi kuraşiş kampaniyasiga boşçilik qiladi, şuning bilan u Xitoy içki siyosatida eng nufuzli kişilardan biriga aylanmoqda.

Kuzatuvçilar mazkur tarkib bilan 2022 yilda Xitoy boşqaruvini kim öz zimmasiga olişini aniq ayta olmadi.