Apple kompaniyasi ofşor hisoblarda 246 mlrd dollarga yaqin pul saqlaydi. Bu haqda AQŞning soliqqa tortiş va iqtisodiy siyosat instituti (ITEP) hisobotida aytilgan, deb yozmoqda The Bell. 

ITEP’ning baholaşiça, Apple AQŞ byudjyetiga taxminan 76,7 mlrd dollar kam soliq tölagan. Bunday kompaniyalarning yetakçi uçtaligiga Pfizer farmatsevtik kompaniyasi va Microsoft ham kirgan. Ularning ofşorlarda saqlayotgan mablağlari mos ravişda 199 va 142 mlrd dollarni taşkil qiladi.  

Foto: Statista

Fortune’ning 500 ta eng yirik kompaniyalar röyxatiga kiruvçi taşkilotlar hammasi bölib ofşor hisoblarda 2,6 trln dollardan köproq mablağ saqlaydilar. Bunda Apple, Pfizer, Microsoft va General Electric kompaniyalari hisobiga bu qiymatning çorak uluşi, Fortune 500 röyxatidan örin olgan 30 ta kompaniya hisobiga ofşorlarda saqlanuvçi 1,76 trln dollar töğri keladi.

2016 yil avgustda Yevropa Ittifoqi Apple’ga soliq e'tirozlari bildirgandi. Ma'lumotlarga köra, Irlandiya Apple’ga 13 mlrd dollarlik soliqni töldaşdan qoçişga imkon bergan. Dekabrda kompaniya unga bildirilgan e'tiroz ustidan şikoyat qilgan.