25 oktabr keçki vaqt Kiyev markazidagi "Espresso" telekanalidan çiqiş joyida portlaş sodir etildi. Buning oqibatida bir kişi halok bölgan va 4 kişi, jumladan Oliy rada deputati Igor Mosiyçuk jarohat olgan. Jarohatlanganlar şifoxonaga olib ketilganlar.
Ukraina içki işlar vaziri maslahatçisi Anton Geraşenkoning aytişiça, portlovçi qurilma kuçi bir kilogramm trotil ekvivalentini taşkil qilgan va mototsiklga örnatilgan bölgan.

"Dastlabki ma'lumotlarga köra, deputatning telekanaldan çiqişi vaqtida u yerga qöyilgan mototsikl portlatilgan", deb aytgan Geraşenko.
Portlaş vaqtida deputatning 30 yoşli tan soqçisi halok bölgan. Deputatning hayoti xavf ostida emasligi ma'lum qilingan.
"Hozir Mosiyçuk şifoxonada qolmoqda. U operatsiya qilinmoqda. Uning hayoti xavf ostida emas", deb ma'lum qilingan Facebook’dagi xabarda.
Portlaş terakt sifatida tasniflangan, uni tergov qiliş bilan Ukraina xavfsizlik xizmati şuğullanadi. Uşbu holat yuzasidan Ukraina JKning 258-moddasi (terakt) böyiça jinoiy iş qözğatilgan.
Ta'kidlanişiça, voqea joyida tezkor guruh va portlovçi moddalar böyiça mutaxassislar iş olib bormoqdalar.












