Muzlatgiç qanday bölişi kerak? Energiyani tejovçi, foydalanişda qulay bölişi, e'tiborni öziga tortişi, keng va albatta, yangi zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan bölişi kerak. Agar siz yuqorida aytib ötilganlarga rozi bölsangiz, LĞning LG GN-C222SLCN, LG GN-C272SLCN va LG GC-B429SMQZ modelidagi muzlatgiçlari haqida köproq ma'lumotga ega bölişingizni tavsiya qilamiz.
LĞning çiziqli invertor kompressori energiya tejamkorlik, yuqori sifat va mahsulotlarni yangi holda saqlaş nuqtai nazaridan eng yuqori talablarga javob beradi.

Kompressorning bu turi oddiysidan nima bilan farq qiladi?
Çiziqli kompressor ança işonçli, sababi unda kamroq harakatlanuvçi detallar bor, demak, işqalaniş ham pastroq. Bundan taşqari, özini özi boşqaruvçi individual tizim haroratning ehtimoliy tebranişlariga oid barça diapazonni qamrab oladi va şu tariqa foydalanuvçi tomonidan muzlatgiç kameralarida örnatilgan haroratdan çetlaşiş ehtimolini pasaytiradi. Kompressor işidagi yuqori samaradorlik tufayli mahsulotlar tezroq sovutiladi hamda vitaminlar saqlanib qoladi. Işqalaniş nuqtalarining kamligi esa, çiziqli invertor kompressorining uzoq muddat töxtovsiz işlaşini ta'minlaydi. Şuning uçun unga 10 yillik kafolat taqdim etiladi.
Şovqinning past darajasi. Innovatsion texnologiyalarning qöllanilişi tufayli şovqin darajasini 40 Db.ga pasaytiriş oddiy konstruksiya hamda işqalaniş nuqtalarining kamayişi (4 taning örniga 1 ta) hisobidan erişildi. Ya'ni – 25 foizga kamroq. Ohista start va ohista töxtaş tizimi kompressorning yoqilişi va öçirilişi vaqtida şovqinni pasaytiradi. Muzlatgiç bir kunda 24 soat past ovozda işlaydi.

Fresh 0 Zone (0°C) yangi holda saqlaş zonasi – yangi göşt va dengiz mahsulotlarini saqlaş uçun maxsus bölinma bölib, u mahsulotlarni tayyorlaniş vaqtiga qadar muzlatişsiz saqlaydi.













