Ispan işbilarmoni Pablo Isla Alvares de Texera 1964 yilning 22 yanvarida dunyoga kelgan. U - Inditex nomli yirik ispan korporatsiyasining amaldagi raisi va boş direktori.
1987 yilda u Madriddagi Komplutense universitetining yuridik fakultetini tugalladi.
Pablo Isla 1992 yildan 1996 yilga qadar Banco Popular Español bank guruhida yuridik xizmatlar direktori lavozimida iş yuritgan. 1996 yilda u bu lavozimini tark etib, Ğaznaçilik milliy meros departamentining boş direktori böldi. 1998 yilda u Banco Popular Español'ga boş direktor etib tayinlandi. Isla 2000 yildan 2005 yilgaça Altadis guruhi raisi bölgan.
2005 yilda Pablo Isla Inditex kompaniyasining boş direktori va rais örinbosari etib tayinlangan, 2011 yilda kompaniya raisiga aylangan.

Inditex — Ispaniya kompaniyasi, kiyim savdosi bilan şuğullanuvçi yirik dökonlar tarmoği egasi. Uning töliq nomi — Industria de Diseño Textil Sociedad Anónima. Kompaniya ştab-kvartirasi Ispaniyaning Arteyxo şahrida joylaşgan. Korporatsiya dunyoning 88 mamlakatida Zara, Oysho, Massimo Dutti, Bershka, Pull and Bear, Zara Home, Stradivarius va Uterque brendlari ostidagi 7000dan ziyod dökonlarni birlaştiradi.
Isla 2020 yilga borib Inditex'ning barça xavfli kimyoviy moddalarni işlab çiqariş va mahsulotlardan yöq qilişi uçun javobgar. Şuningdek u 2020 yilga borib çiqindilarni 30 foizga, suv iste'molini 50 foizga qisqartiradigan iqtisodiy dökon modelini joriy qiliş mas'uliyatini öz zimmasiga olgan.

Inditex korporatsiyasi 2005 yilda 2692 dökonga ega bölgan bölsa, Isla rahbarligi ostida dökonlar soni 7000dan oşdi. Şu bilan birga u kompaniya faoliyatini onlayn-kengaytiriş bilan ham şuğullandi.












