Mazkur ispan kompaniyasining Ijtimoiy barqarorlik böyiça direktorati vakillarining taşrifi respublikamiz töqimaçilik sanoatini global işlab çiqariş zanjiriga qöşiliş imkoniyatlarini örganib çiqiş uçun taşkil qilindi.
Taşrif davomida mutasaddi vazirlik va idoralar rahbarlari bilan uçraşuvlar ötkaziş va Özbekistondagi tekstil sohasidagi salohiyatli kompaniyalar va paxta-töqimaçilik klasterlariga taşrif buyuriş hamda şu orqali işlab çiqariş sohasidagi işçilarning mehnat şaroiti, işlab çiqariş jarayonining atrof-muhitga hamda uşbu jarayonda qöllaniladigan kimyoviy vositalarning iste’molçiga ta’sirini örganiş közda tutilgan. Taşrif yakuni böyiça xulosa tayyorlanadi.

Bugun, 6 iyun kuni delegatsiya a’zolari Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligida bölib, respublikamizda taşqi iqtisodiy faoliyat sohasida amalga oşirilayotgan islohotlar, şu jumladan, töqimaçilik sanoatidagi özgarişlar töğrisida batafsil ma’lumot oldilar.
Taşrif davomida Ispaniya delegatsiyasi bir qator töqmaçilik korxonalariga borib, töqimaçilik sohasida olib borilayotgan faoliyatlari bilan atrofliça tanişişi közda tutilgan.
Savdo-sanoat palatasi matbuot xizmati Ⓣ











