Bermud orollarida joylaşgan Appleby yuridik firmasi özining mijozlari haqidagi qimmatli ma'lumotlar öğirlanganini tan oldi. Firma vakilining bayonotiga köra, seşanba, 24 oktabr kuni tunda ma'lumotlar omboriga noma'lum hakerlar jamoasi hujum uyuştirgan.

Vakilning aytişiça, yöqotilgan hujjatlarda mijoz va ularning moliyaviy amaliyotlari, xususan offşor hisoblar haqida töliq ma'lumot bölgan. Rasmiy bayonotda bu qaysi davlat fuqarolariga tegişli moliyaviy sir i oşkor etilmadi.

Telegraf naşrining yozişiça, hujjatlarda Britaniyaning nufuzli zodagonlari va siyosatçilari bölişi mumkin. Şuningdek, hukumat davlat mansabdor şaxslarining obrösini saqlab qoliş uçun harakat qiladi. Rossiyalik jurnalist Ilya Varlamov esa unda rus oligarxlari, jumladan davlat xizmatçilari va ularning post-sovet makonidagi döstlari tilga olingan, deya taxminini bildirdi.

Şu paytgaça hakerlardan heç kim rasmiy talab bilan mutasaddilarga yuzlanmagan. Uşbu voqea «Panama arxivi» e'lon qilinganidan keyingi ikkinçi katta voqelikka aylanişi mumkin.