Jahonda yölovçi vagonlarini zamonaviy tarzda işlab çiqaruvçi, ta'mirlovçi va eksport qiluvçi zavodlar sanoqlidir. Endilikda, Germaniya, Ukraina, Rossiya, Fransiya, Belarus kabi davlatlar qatorida Özbekiston ham yölovçi vagonlari bilan jahon bozoriga yuz tutdi, deb xabar bermoqda «Özbekiston temir yöllari» AJ axborot xizmati.
Xususan, «Özbekiston temir yöllari» aksiyadorlik jamiyatiga qaraşli «Toşkent yölovçi vagonlarini quriş va ta'mirlaş zavodi» aksiyadorlik jamiyati ilk marotaba “Made in Uzbekistan” tamğasi ostida öz mahsulotlarini eksport qila boşladi. Yildan-yilga yölovçi vagonlarini quriş jarayonlari taraqqiy etib bormoqda, yangi imkoniyatlar işga solinayapti. Markaziy Osiyoda yagona bölgan «Toşkent yölovçi vagonlarini quriş va ta'mirlaş zavodi» aksiyadorlik jamiyatida ham bu borada yuksak natijalarga erişilmoqda. Jumladan, metro vagonlarini ta'mirlaş işlari özlaştirildi, yangi körinişdagi yölovçi vagonlar işlab çiqarila boşlandi. Joriy yildan boşlab esa korxona mahsulotlari jahon bozoriga çiqdi.
2016 yilda Rossiya va Qozoğiston davlatlari tomonidan mamlakat vagonsozlari işlab çiqarayotgan 61 911, 61 907 rusumdagi platskart va kupe vagonlariga qiziqiş katta bölgan edi. Joriy yilda esa ular uçun möljallangan yangi körinişdagi qulay vagonlarni işlab çiqarişga kirişildi. Yil oxiriga qadar 5 ta platskart va yana şunça kupe vagonlariga buyurtmalar kelib tuşdi. Bu borada joriy yilning iyun oyida jahon standarti sertifikati qölga kiritildi.
Mazkur vagonlar oldingisidan ança farq qiladi. Bunisida yölovçilar uçun bir qator qöşimça qulayliklar yaratilgan. Jumladan, ilk bor zamonaviy suv va havoni tozalaş uskunalari örnatildi, yoritiş tizimi butunlay özgartirildi. Vagon içini jihozlaşda yorqin ranglardan foydalanilgan. Isitiş va sovutiş tizimlarining zamonaviyligi esa yölovçilarga qişning izğirin kunlarida hamda jazirama yozda ham mö'tadil havoni ta'minlab beradi. Vagonni tayyorlaş jarayonida yölovçilarning xavfsizligiga ham alohida e'tibor qaratilgan. Zamonaviy dizayn buyurtmaçilar talabi asosida işlab çiqilgan.












