Rossiya Kubogining nimçorak finalida «Rostov» «Amkar»ga penaltilar seriyasida yutqazdi (asosiy va qöşimça bölimlarda durang hisobi qayd etildi - 1:1).
Penaltilar seriyasida avvaliga «Rostov» oldinda bordi, rostovliklar safida töp surayotgan özbekistonlik futbolçi Eldor Şomurodov nuqtaga birinçi bölib yaqinlaşib, aniq harakat qilgandi. Ammo jamoa sardori Aleksandr Gatskan beşinçi zarbani golga aylantira olmagaç, «Amkar» hisobni tenglaştirdi (3:3). Şundan söng jamoaning qolgan futbolçilari, jumladan darvozabonlar ham zarba berişni boşladi. Rostovliklar posboni Sergey Pesyakov ham, «Amkar» darvozaboni Artur Nigmatullin ham aniq harakat qilişdi va yana durang – 9:9. Şundan söng, ikkinçi doira boşladi, yana Eldor Şomurodov nuqtaga yaqinlaşdi, ammo uning darvoza örtasiga yöllagan zarbasini Nigmatullin qaytardi, Darko Bodul esa «Amkar»ga ğalaba keltiruvçi golni urdi – 10:9.

Şu tariqa Perm jamoasi Rossiya Kubogining 1/4 finaliga yöl oldi va bu bosqiçda FNL vakili «Avangard» bilan öynaydigan böldi.












