Janubiy Koreya prezidenti Mun Çjye In ma'muriyati 2038 yilga kelib atom energetikasidan voz keçmoqçi va 2030 yilgaça sof energiya manbalari mamlakat energetika tizimining 20 foizini taşkil qilişiga erişmoqçi. Bu haqda Asia Nikkei naşri xabar bermoqda.
Janubiy Koreyaning 6 ta davlat elektr stansiyasi 2035 yilgaça mamlakat energetika tizimida tiklanuvçi energiya manbalari ahamiyatini kengaytiriş uçun 39,9 mlrd dollar sarflaşni rejalaştirmoqda. 2017 yilning özida elektr energiya işlab çiqaruvçilari quyoş va şamol energiyasi hisobiga 33 GVt elektr energiya olişni rejalaştirişmoqda. Bu Janubiy Koreyada hozirgi kunda işlatiladigan tiklanuvçi manbalar jami energiyasidan 2 marta köproqdir. Jumladan, Korea South-East kompaniyasi quvvatlarni 5,7 GVt ga oşirib, bunga 6 mlrd dollar sarflamoqçi.
2030 yilgaça tiklanuvçi manbalar mamlakat energetika tizimining 20 foizini taşkil qilişi kerak. Bu esa mavjud quvvatlarga yana 45 gigavatt "sof" energiya qöşiş kerakligini anglatadi.
Prezident ma'muriyati sekin-asta yadro energetikasidan voz keçmoqçi. Şu maqsadda mamlakat 6 ta yangi reaktor qurilişi rejalarini töxtatdi, 2038 yilgaça esa 14 ta atom stansiyasini yopmoqçi. Şunga qaramay, Kepco kompaniyasiga ikkita yangi yadro reaktori ustida işlarni davom ettirişga ruxsat berilgan. Hozir bu stansiyalar 30 foizga tayyor.
Atom elektr stansiyalari örniga quyoş energiyasini olişning innovatsion usullariga urğu beriladi. Solkiss kompaniyasi daryoda 2,67 MVt li suzuvçi quyoş panellarini örnatadi. Uşbu tizim quyoş holatiga qarab aylanib turadi. Ta'kidlanişiça, buning hisobiga quyoş fermasi samaradorligi 22 foizga oşadi.












