Rossiyalik yakkakuraş jangçisi Fyodor Yemelyanenko özining ukasi Aleksandr Yemelyanenkoga oçiq maktub yölladi. Avvalroq Aleksandr akasi atrofini unga "laganbardorlik" qiluvçilar örab olgani haqida tanqidiy sözlar bildirgandi.

Fyodorning maktubda yozişiça, u ukasining yolğoniga munosabat bildirişni öziga munosib körmaydi.

"Senga bu oçiq murojaatni qilişimga kelsak, bunga asosiy sabab şuki, sen mening yaqinlarimni laganbardorlar deb atading. Laganbardor – bu sensan, sotqin", deb murojaat qilgan ukasiga Fyodor.

Fyodor, şuningdek, Aleksandrni qiyin daqiqalarda qöllab-quvvatlagan va u bilan yonma-yon turgan odamlar aziyat çekayotganidan afsusdaligini, ukasi esa sariq çaqaga ham arzimasligini aytgan. 

"Men şaxsan özim sen deb önlab odamlardan uzr söraganman. Mening nomimga nima desang deyaver, bunga çidayman, biroq yaqinlarimni haqorat qilma", deb aytgan Fyodor.

23 oktabrda Aleksandr akasi bilan 10 yildan beri "sen-menga" borib qolgani haqida sözlab bergan. U boşqa jangçi Aleksandr Xaritonov bilan nizoga borganda akasi uni qöllab-quvvatlaşdan boş tortgani va uning atrofidagilar unga laganbardorlik qilişlari haqida sözlab ötgan.

"Fedya haqida şuni aytişim mumkinki, uning öz hayoti, mening öz hayotim bor. Biz u bilan 10 yildan beri gaplaşmaymiz. U men bilan gaplaşişni istamaydi, men esa unga suqilişni istamayman", deb aytgandi Aleksandr öşanda.

Uning aytişiça, Xaritonov bilan nizoda akasi uni qöllab-quvvatlamagan. "Bu menga yoqimsiz bölgan. Men har doim akamni yonini olib kelganman, u uçun nizolarga borganman. Biroq körinişiça, bu unga qiziq bölmay qolgan", deb aytgan Aleksandr akasi haqida. U akasining döstlarini ham "eslab ötgan": "Heç kim foydali aloqalarni yöqotiş xavotirida uning yuziga rostini aytmaydi. Uning atrofida laganbardorlar yiğilib olgan". 

Aleksandr Yemelyanenko uyida xizmatkorlik qilgan ayolni zörlagani uçun 2015 yilda 4,5 yilga ozodlikdan mahrum etilgandi. U 2016 yil noyabrida jazoning qolgan muddatini axloq-tuzatiş işlari bilan ötaş şarti bilan muddatdan avval ozod etilgan. 

U 2017 yil 27 sentabrda yana ringga kötarilib, braziliyalik Jyeronimo Dos Santos ustidan ğalaba qozondi.