Telekommunikatsion va AKT yeçimlari böyiça dunyoda yetakçilar qatorida bölmiş “Huawei Tech Investment Tashkent” XK MÇJ kompaniyasi  («Huawei» brendi) şuningdek, mobil qurilmalar yaratişda ham öz brendini faol ilgari surib kelmoqda. Bundan taşqari, innovatsion qaraşlarga tayangan holda, kompaniya ta'lim, tibbiyot, transport xizmatlari va jamoat xavfsizligi sohalarida yeçimlar taklif etmoqda. Kompaniyaning Özbekistondagi muvaffaqiyatli loyihalaridan biri (2012-2014 yillar) «Elektron ta'lim» (e-Learning) bölib, u Özbekistonning köplab öquv yurtlarida tatbiq etilgandi.

«Smart Class» yeçimi kompaniya uçun yangi yönaliş bölib, uning yordamida öquvçilar interfaol rejimda öqituvçi bilan ulanişi va ham umumiy, ham individual vazifalar olişi mumkin. Bundan taşqari, sinf video-konferensiya tizimi bilan jihozlangan bölib, litsey öqituvçilari va öquvçilarida çet ellik ma'ruzaçilar va mutaxassislar bilan masofadan turib tajriba almaşiş imkoniyatini beradi. Kelgusida litsey rahbariyati uşbu yeçimning texnologik imkoniyatlaridan foydalangan holda on-layn video-darslar taşkil etişni rejalaştirmoqda. Ta'kidlaş zarurki,  “aqlli podium” va “aqlli doska” kabi yeçimlarga ega uşbu «Smart Class»ning muqobili Markaziy Osiyoda yöq.

Foto: Huawei 

Loyihaning asosiy maqsadi – ta'lim muassasalariga zamonaviy texnologiyalarni joriy qiliş va öquv jarayonini yanada takomillaştirişdan iborat. “Aqlli yeçimlar”ning  mualliflari bilimlarning yagona elektron bazasini yaratişni taklif qilişyapti. Axborot-kommunikatsion texnologiyalardan foydalangan holda u Özbekistonning barça hududlarida işlaydi va mamlakat ta'lim tizimini yanada yuqori darajada rivojlantirişga xizmat qiladi. 

Foto: Huawei 

“Huawei kompaniyasi ta'lim tizimini global kölamda rivojlantiriş böyiça katta tajribaga ega va dunyoning 150 dan ziyod universiteti bilan hamkorlik qiladi. Xususan, Özbekistonda  Huawei 164 ta obektda, şu jumladan OÖYularning 1000Mb (Gigabit Ethernet) tezlikda magistral tarmoğiga ulangan  yirik fakultetlari va ularning filiallarida «Elektron ta'lim» (Ye-Learning) birlaşgan yagona tarmoği taşabbusi bilan çiqqan.  Uşbu tajriba bizga mijozlar talabini yaxşiroq tuşunişga va ta'lim sifati samaradorligini va yoş iqtidorlarni öqitiş darajasini oşiriş uçun kommunikatsion uskunalarni takomillaştirişga yordam berdi”, - deydi Huawei kompaniyasining Özbekistondagi boş direktori  Van Pen.