Human Rights Watch taşkiloti Özbekiston Respublikasida oxirgi 7 oy davomida yuz bergan özgarişlarga tahliliy baho berdi. 25 oktabr kuni taşkilot saytida e'lon qilingan hisobotda aytilişiça, prezident Şavkat Mirziyoyev tomonidan bir qator ijobiy özgarişlarga yetaklovçi islohotlar boşlab berilgan.
«Jahon böylab eng uzoq muddat qamoqxonada saqlangan jurnalist Muhammad Bekjonovning ozod etilişi - mamlakatdagi vaziyat qay tarafga özgarayotganini bildiradi», deyiladi xabarda.
Markaziy Osiyo mamlakatlarini tadqiq etuvçi HRW xodimi Stiv Sverdlovning fikriça, Özbekiston endilikda inson huquqlarini himoya qiliş, boşlangan islohotlarni barqaror mustahkamlanib borişini ta'minlaşi zarur. Sverdlov bundan taşqari, «ayni davrda mamlakatda inson huquqlarini himoya qiliş böyiça yangi epoxa» boşlanganini ta'kidlagan.
Taşkilot öz hisobot matnida 2017-2021 yillar uçun Harakatlar strategiyasi dasturida inson huquqlarini himoya qiliş darajasi xalqaro me'yorlarga tenglaştirilişi haqida söz yuritilganini olqişladi. Şuningdek, mustaqil sud hokimiyati, iqtisodiyotni erkinlaştiriş, qonun ijodkorligini yangi rivojlaniş bosqiçiga olib çiqiş - erkin fuqarolik jamiyatini quriş şarti ekani yana bir bor eslab ötildi.
Oktyabr oyining özida jurnalist Solijon Abdurahmonov, muxolifat faoli Muhammadali Qoraboyev, inson huquqlari faollari A'zam Farmonov, Ğanixon Mamatxonov ozod etilgani sohadagi özgarişlarning amaliy ifodasi böldi. Umumiy hisobda ötgan yildan buyon ana şunda mahkumlarning eng kamida 15 nafari ozodlikka çiqarildi.
Mamlakatda OAV erkinligi va mustaqilligi borasida söz yuritib, HRW «Özbekiston 24» telekanali işga tuşirilişi, jonli körsatuvlar tanqidiy ruhdagi efir materiallarini namoyiş etişga töxtalib ötdi. Mahalliy OAV naşrlari, xususan Kun.uz e'lon qilayotgan materiallar tanqidiy bölib borayotganini alohida ta'kidlangan.
Hukumat BBC özbek xizmatining faoliyatini qaytadan boşlaşga ruxsat bergan, şuningdek, xalqaro darajadagi nufuzli naşrlar bilan hamkorlikni rivojlantirimoqda. Misol uçun, yoz oylarida The Wall Street Journal muxbirining Özbekistonga kelişi, maqola tayyorlaşi uçun imkoniyat berilgan. Oktyabr oyida esa OSCE Media forumi taşkil etildi.







