2017 yil 27 oktabr kuni «Özbekfilm» aksionerlik jamiyatining navbatdan taşqari yiğilişi bölib ötdi. Unda kinostudiyaning bugungi holati, mavjud kamçilik va muammolar muhokama qilindi. Bu haqda «Özbekkino» axborot xizmati xabar berdi.
Korxonani soğlomlaştiriş va uni qayta şakllantiriş yuzasidan taklif va mulohazalar tinglandi. Yiğilişda taşkiliy masala ham körildi. Hilol Nasimov boşqa işga ötganligi munosabati bilan «Özbekfilm» AJ direktorligi lavozimidan ozod qilindi.
Şu bilan birga, jamiyatning moliyaviy-iqtisodiy ahvolini tahlil qiliş va kelgusida rejalaştirilgan işlarni amalga oşiriş böyiça işçi guruhi tuzildi.












