«Real» Ispaniya kubogining 1/16 finali birinçi uçraşuvida «Fuenlabrada» jamoasini mehmonda 2:0 hisobida mağlubiyatga uçratdi. Madridliklarning raqibi mamlakat çempionati uçinçi divizionida töp suradi.
Asosiy tarkibsiz harakat qilgan «Real» faqatgina ikkinçi bölim örtalarida hisobni oçişga muvaffaq böldi - Marko Asensio penaltini aniq amalga oşirdi.
Şundan söng Madrid klubi yana bir penalti tepiş huquqini qölga kiritdi. Şu bilan birga, mezbonlar öyinçisi Pako Kandela qoidabuzarligi uçun ikkinçi sariq kartoçka bilan jazolandi hamda maydondan çetlatildi. Bu safar Lukas Vaskes 11 metrlik jarimani aniq amalga oşirdi. Bahs yakunida tarkiblar soni tenglaşdi - «qaymoqranglilar» safida Xesus Valexo maydondan haydaldi.
Javob uçraşuvi Madridda 29 noyabr kuni bölib ötadi.
Ispaniya kubogi 1/16 finalining boşqa öyinida «Tenerife» hamda «Espanol» 0:0 hisobida nursiz durangni qayd etdi. Ikkinçi uçraşuv «Espanol» stadionida 29-noyabr kuni bölib ötadi.
Fuenlabrada – Real Madrid 0:2 (0:0, 0:2)
Gollar: 0:1 – 63, Asensio penalti, 0:2 – 80, Vaskes penalti.
Fuenlabrada – Kodina, Armando, Kata Dias, Iribas, Dani Fernandes(Portilya, 46), Milla, Kero (Arnol, 53), Atiyenza, Frayle (Kandela, 72), Fran Garsiya, Dioni.
Real Madrid – Kasilya, Naço, Xakimi (Foylase, 81), Teo, Texero, Vaskes, Sebalos, Asensio, Lorente, Valexo, Mayoral.
Ogohlantirişlar: Fran Garsiya (62), Kandela (73), Kata Dias (84).
Çetlatişlar: Kandela (79), Valexo (89).












