Hozirgi kunda 94 yoşga qadar kamdan-kam inson umr körişi mumkin. AQŞning Pensilvaniya ştatida istiqomat qiluvçi Ayla Kempbell esa özining 94-tuğilgan kunini osmonda, paraşyutda sakragan holda nişonladi. «Bu kun arafasida kelasi yili heç qaçon paraşyutda sakramasligim mumkin ekani haqida öyladim. Eng yaxşisi – buni hozir amalga oşiriş», - dedi ayol.
Parvoz yöriqçi bilan amalga oşirilgan, şu bilan birga, Kempbell avvaliga u bilan yerda maşğulot olib borgan. Şundan söng keksa ayol 3000 metrlik balandlikdan heç qanday qörquvsiz sakrab, pastga tuşiş çoğida soatiga 190 kilometr tezlikni qayd etdi. Ob-havo quyoşli va deyarli şamolsiz bölgan, şu sababdan qöniş heç qanday kutilmagan holatlarsiz ötdi.

Ayolning yonida yaqinlari, jumladan evarasi va çevarasi bölgan. Ular şunday dedi: «Uning hayot davomida qilişga ulguriş kerak bölgan narsalari röyxatida paraşyutda sakraş ham bor edi, biz bu lahzani ötkazib yubora olmasdik».

Paraşyut biznesi egasi Don Kelnerning (u 44 ming sakraşni amalga oşirib, Ginnessning rekordlar kitobiga kirgan) tan olişiça, bu daraja keksa insonlar parvozni amalga oşirişganini heç qaçon körmagan.
Ayolning özi esa quvonçini yaşirib ötirmadi: «Erkin qulaş - bu vau. Şamol ajoyib. Zör böldi, menga juda yoqdi. Buni yana takrorlayman».












