Xorijdagi Özbekiston fuqarolarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş maqsadida AQŞdagi özbekistonlik diplomatlar Pensilvaniya ştatining Moşannon Volley okrugida joylaşgan çet el fuqarolarini vaqtinça saqlaş markaziga taşrif buyurdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.
Diplomatlar markazda saqlanayotgan Özbekiston fuqarolari bilan konsullik suhbatlari ötkazib, ularni saqlaş va ovqatlantiriş şaroitlari, salomatligi hamda boşqa maişiy jihatlarini örgandi. Şuningdek, vatandoşlarga konsullik va huquqiy masalalar böyiça tegişli tuşuntirişlar berildi.
Uçraşuvlarda markazda saqlanayotgan fuqarolarning aksariyati ularni Özbekistonga qaytariş böyiça sudning yakuniy qarori qabul qilinganini bildirgan. Qayd etilişiça, bu jarayon uçun zarur hujjatlar tayyorligi hamda Özbekistonning konsullik muassasalari tomonidan rasmiylaştirilgani ma’lum qilingan. Vatandoşlar diplomatlarning taşrifini özlarining Özbekiston himoyasida ekanini tasdiqlovçi muhim qadam sifatida baholab, körsatilayotgan e’tibor uçun minnatdorlik bildirgan.
Şu bilan birga, ayrim fuqarolar böyiça sud jarayonlari hali davom etayotgani aytildi. Uşbu şaxslar oilasini soğinganini bildirib, yaqinlari bağriga tezroq qaytişi uçun amaliy yordam söragan.
Özbekistonning AQŞdagi vakolatxonasi öz vakolatlari doirasida fuqarolarni Özbekistonga qaytariş masalalari böyiça xorijiy tomonlar bilan tegişli muzokaralar ötkazişga, şuningdek zarur hujjatlarni tayyorlaşda amaliy yordam körsatişga tayyorligini ma’lum qildi.
Ma’lumotda AQŞning immigratsiya siyosatidagi sönggi özgarişlarni hisobga olgan holda, xorijdagi Özbekiston fuqarolariga yana bir bor özlari bölib turgan mamlakat hududida qonuniy yaşaş, mahalliy qonunçilikka qat’iy rioya qiliş va noqonuniy xatti-harakatlardan tiyiliş tavsiya etildi.
Zarurat tuğilganda Özbekistonning AQŞdagi vakolatxonalari bilan quyidagi aloqa vositalari orqali boğlaniş mumkin: Özbekistonning Vaşington şahridagi elçixonasi (Konsullik bölimi) - telefon: +1 (202) 887-5300. Elektron poçta: [email protected]. Özbekistonning Nyu-York şahridagi Boş konsulxonasi: telefon: +1 (212) 754-7403. Elektron poçta: [email protected].

















