Jang maydoniga aylanadigan ştatlar: AQŞdagi saylovlar natijasini kim hal qiladi?
|00:28 / 09.10.20248 48115 min
Bir oydan keyin, 5 noyabr kuni amerikaliklar yangi prezidentni saylaşadi. Bu saylovlar taqdirini ikkilanuvçi ştatlar (swing states) deb nom olgan yetti ştatdagi saylovçilar hal qiladi, çunki ular goh respublikaçilarga, goh demokratlarga ovoz beradi.
Foto: ReutersFoto: Reuters
Donald Tramp va Kamala Harris Arizona, Viskonsin, Jorjiya, Miçigan, Nevada, Pensilvaniya va Şimoliy Karolinada qaqşatqiç kuraş olib bormoqda — eng köp mitinglar şu hududlarda ötkazilib, eng köp mablağ şu hududlar uçun televizion reklamalarga sarflanmoqda. Bu ştatlarni köpinça battleground deb ham ataşadi, inglizçadan tarjimasi «jang maydoni» ma’nosini beradi.
Ozçilik hokimiyati
Alohida ştatlarning muhimligi Amerikadagi ovoz beriş tizimi bilan boğliq, unga köra prezident töğridan töğri ovoz beriş orqali emas, balki saylovçilar hay’ati tomonidan saylanadi. Eng köp saylovçi ovoziga ega bölgan nomzod emas, 538 nafar delegatdan kamida 270 nafarining ovozini qölga kiritgan nomzod ğolib çiqadi. Masalan, 2016 yilda Hillari Klinton uçun ovoz bergan saylovçilar soni ğolib Trampga ovoz berganlardan uç millionga köp edi.
Bu federativ konstitutsion tuziliş bilan boğliq: texnik jihatdan, avvaliga har bir ştat aholisi ovoz beradi, keyin delegatlar öz ovozlarini ştat ğolibi uçun berişadi. Amerikaliklarning köpçiligi bu tizimni bekor qilişni yoqlaydi, ammo siyosatçilar uni özgartirişga tayyor emas.
Ştatlarning köpçiligidagi natijani oldindan aytiş mumkin, çunki ular azaldan aniq siyosiy yönalişga ega va bu önlab yillar mobaynida özgarmaydi. Nyu Yorkda respublikaçi nomzod ğolib bölişi oxirgi bor 40 yil muqaddam, Ronald Reygan ikkinçi muddatga saylanganida kuzatilgan; janubdagi qator ştatlar oxirgi bor 60 yil oldin, Jon Kennedi ölimidan keyin demokrat nomzod uçun ovoz bergandi. Ijtimoiy sörovlar körsatişiça, bu yil ham köp narsa jiddiy özgarmaydi.
Ammo saylovlarda ğolib böliş uçun liberal yoki konservativ ştatlardagi ustunlikning özi yetarli emas. Faqat Barak Obama ikkilanuvçi ştatlarning barçasida heç bölmaganda bir martadan ğolib bölgan; 2016 yilda ularning köpçiligi Trampni, 2020 yilda — köpçiligi Jo Baydenni qöllagan.
Şu bilan birga, mazkur ştatlar aholisi siyosiy prinsiplarini qölqop kabi almaştirişini anglatmaydi. Ulardagi saylovçilarning aksari, xuddi butun mamlakatdagi kabi, saylov kuni kimga ovoz berişini biladi. Masalan, Viskonsindagi sanoatlaşgan Miluoki şahri va siyosiy markaz hisoblangan Medison asosan demokratlarga ovoz beradi, ularning atrofidagi qişloq okruglari esa respublikaçilarga ovoz berişni afzal köradi.
Ammo bu ştatlarning barçasida respublikaçilar tarafdori bölgan va özini demokrat deb biladigan saylovçilar soni taxminan teng va saylov natijasi ozçilikni taşkil etadigan beqarorlarning tanloviga boğliq. Mavhumlik ular qaror qilişda qiynalişi bilan boğliq emas. Ijtimoiy sörovlarning körsatişiça, bu saylovçilar siyosatni u qadar qiziqib kuzatişmaydi. Maşhur bölgan komediyada bunday toifadagi saylovçilar ijtimoiy sörovda ularga «prezidentlikka nomzodlarning ismi nima?» va «saylovlar qaçon?» kabi savollar beriş orqali tasvirlanadi.
Mavzuga oid
Ammo ularga befarqlik bilan qaraş nomzodlarga qimmatga tuşişi mumkin. Hillari Klinton 2016 yilgi saylovoldi kampaniyasi çoğida Viskonsinga kelmagandi va buni uning saylov ştabining hal qiluvçi xatolaridan biri deb bilişadi. Yakunda u Obama ikki safar ham işonçli ğalabaga erişgan mazkur ştatda yutqazgandi.
Oq uyga Pensilvaniya orqali
Sobiq prezident, respublikaçilar nomzodi Donald Tramp bu safargi saylovoldi siklini favorit sifatida boşlagandi. U amaldagi prezident Jo Baydenni bahordagi barça ijtimoiy sörovlarda ortda qoldirgan, iyundagi debatlarda ğolib bölgan hamda iyul oyidagi suiqasddan omon çiqqandi. Qaysidir pallada uning ğalabasi muqarrar bölib körina boşlagandi.
Bu esa demokratlarni Baydenni poygadan çiqib, vitse-prezident Kamala Harrisga imkon berişga undaşga majbur qildi. Natijada AQŞ prezidentligi saylovlari tarixida oldin kuzatilmagan voqea röy berib, ovoz berişga tört oy vaqt qolganida poyganing borişi özgardi. Harris darhol demokrat saylovçilar orasidagi entuziazm tölqinida ijtimoiy sörovlarda Trampdan özib ketdi.
Obama ikkilanuvçi ştatlarda faol kampaniya ötkazgan va ularda ğolib çiqqan; Hillari Klinton esa saylovoldi kampaniyasi vaqtida Viskonsinga bormagan va yutqazgandi
Ammo kuzga kelib bu entuziazm söndi va şu narsa ayonlaşdi: oldindagi saylovlar sönggi ön yilliklardagi natijasini oldindan aytiş eng qiyin bölgan saylovga aylanadi.
Harris ham, Tramp ham bir neçta ikkilanuvçi ştatlarda ğolib çiqişi kerak. Turli ijtimoiy sörovlar ma’lumotlarini bir joyga jamlagan tahlilga köra, hozirda Harris Trampni Miçigan, Nevada, Pensilvaniya va Viskonsinda 1-2 foizga ortda qoldirmoqda, Tramp esa Jorjiya va Arizonada taxminan 1 foizlik ustunlikka ega.
Şimoliy Karolinada ijtimoiy sörovlar nomzodlarni qöllab-quvvatlov darajasi tengligini körsatmoqda, ammo aslida bu ştatlarning barçasidagi imkoniyatlarni teng hisoblaş mumkin, çunki tomonlarning birortasi foydasiga bölgan 1-2 foizlik farqni sotsiologlar statistik xatolik deb bilişadi.
2020 yilda Jo Bayden Viskonsinda Donald Trampga qaraganda 20 600 ta köproq ovoz olib ğolib çiqqandi. Bu safar muhim ştatlarda ğolib va mağlub orasidagi farq yanada kiçikroq bölişi mumkin, demoqda tahlilçilar.
Ikki nomzod uçun ham ğalaba sari eng oddiy va töğridan töğri yöl Pensilvaniyada ustunlikka erişiş bölişi mumkin. AQŞ Konstitutsiyasi bölgan uşbu ştatda 19 ta delegat ovozi böladi, bu boşqa ikkilanuvçi ştatlarning hammasinikidan köproq. Şuning uçun Harris ham, Tramp ham eng köp miting va taşviqot tadbirlarini aynan şu ştatda ötkazmoqda, şuningdek bu yerda televizion reklama uçun eng köp mablağni sarflamoqda — New York Times naşri yozişiça, bunday xarajatlar jami 138 mln dollarni taşkil etgan.
Arablar Trampga iliqlik his qilmoqda, polyaklar Harris köz tikkan
Harris ştabining yangi roligi «Beqaror tahdid» deb nomlanadi va unda Trampning sobiq ittifoqçilari — vitse-prezident Mayk Pens, uning ma’muriyati davridagi mudofaa vaziri hamda milliy xavfsizlik böyiça maslahatçilarning unga mamlakat xavfsizligini işonib bölmasligi töğrisidagi sözlari keltiriladi. Reklama ikkilanuvçi ştatlarning barçasidagi telekanallarda translatsiya qilinmoqda.
Bu mamlakatning boşqa ştatlaridagi saylovçilarning köproq qismi Harris jahon maydonida AQŞ manfaatlarini himoya qilişga köproq qodirroq deb bilişi bilan boğliq. Ikkilanuvçi ştatlarda esa — buning aksi. Global siyosat instituti buyurtmasiga köra ötkazilgan sörovda bu hududlardagi saylovçilarning 52 foizi Trampning taşqi siyosat böyiça iste’dodini Harrisnikidan yuqoriroq hisoblaşi ma’lum bölgan.
Amerikada kelib çiqişiga köra arab bölganlar Bayden ma’muriyatini «harbiy jinoyat» va «genotsid»ga aloqador deb hisoblaydi — ular Isroilning sönggi yil davomidagi harakatlarini şunday baholaydi
Harrisning taşqi siyosat masalasidagi eng zaif nuqtasi — Ğazodagi uruşda Isroilni qöllaşidir. U kelib çiqişiga köra arab bölgan va Miçiganda köpçilikni taşkil etadigan amerikaliklarda ğazab va hafsalasizlik uyğotgan. Harris Baydenning isroilparast pozitsiyasidan masofa saqlaş imkoniyati bor edi, ammo u bunday qilmadi.
Uzoq vaqtgaça ular saylov natijasiga ta’sir qilmaydi deb hisoblab kelingandi: undan qançalik köngli qolgan bölmasin, Amerikadagi arablar va musulmonlar Isroilni sözsiz qöllab-quvvatlaydigan Trampga ham ovoz bermasligiga umid boğlangandi. Tramp 2017 yilda prezident sifatidagi ilk qilgan işi AQŞga qator musulmon davlatlarning fuqarolari kirişini taqiqlaş töğrisidagi farmonni imzolaş bölgandi. Tanqidçilar bu farmonga «musulmonlarga taqiq» deb nom bergan.
Ammo yaqinda ötkazilgan ijtimoiy sörovlar şuni körsatdiki, joriy yilda ilk bor kelib çiqişiga köra arab bölgan saylovçilarning köproq qismi respublikaçilar nomzodiga ovoz berişga tayyor. Va Isroilning Livanga bostirib kirişi va Bayden ma’muriyati buni qöllab-quvvatlagani ham bu trend saqlanib qolişini anglatadi.
Harris buning örnini töldirişga harakat qilmoqda: çorşanba kuni uning milliy xavfsizlik masalalari böyiça maslahatçisi Fil Gordon AQŞdagi musulmonlar va arab jamoalari vakillari bilan Zoom orqali yiğiliş ötkazdi va ularni demokratlar Ğazoda sulhga erişiş va Livandagi mojaroni diplomatik vositalar orqali hal qilişda qat’iyat körsatişiga işontirdi.
Harris Şarqiy Yevropadan kelgan diasporalarga ham murojaat qilib, Ukraina tomon pozitsiyasida sobitligi va Rossiya rahbari Vladimir Putin bilan murosaga bormasligini ta’kidladi — Tramp esa bu masalada betaraflik tanlagan. Uning Putin Polşa uçun ham tahdid solib turgani haqidagi sözlari Amerikada kelib çiqişiga köra polyak bölgan aholining e’tiborini öziga qaratdi, muhim ştat Pensilvaniyada polyak diasporasi — 700 ming kişiga yaqin bölib — ular avvaldan respublikaçilar tarafdori hisoblangan.
Trampning noqonuniy migratsiyaga nisbatan keskin pozitsiyasi unga nafaqat oq tanli saylovçilar, balki Lotin Amerikasidan kelib, AQŞ fuqaroligini olganlarning ham qölloviga ega bölişini ta’minlagan
Ikkilanuvçi ştatlar mamlakatning turli qismlarida joylaşgan va bir-biridan demografik, iqtisodiy va iqlim jihatdan farqlanadi. Bu oq tanli aholi va işçi sinf vakillari köpçilikni taşkil etuvçi, Amerika korxonalari Xitoyga köçirilganidan keyin çuqur iqtisodiy inqirozni boşdan keçirayotgan Örta Ğarb (Miçigan, Viskonsin) ham; aholisining 30 foizga yaqinini lotin amerikaliklar taşkil etuvçi, hududining katta qismi sahrolardan iborat bölgan mamlakat ğarbi (Arizona, Nevada) ham; va afroamerikaliklar uluşi ança köproq bölgan, mamlakat janubidagi sobiq Konfederatsiya ştatlari bölmiş Jorjiya va Şimoliy Karolina ham.
Teri rangi va etnos endi yaqin vaqtgaça bölgani kabi siyosiy imtiyozlar bilan bevosita boğliq emas. Kelib çiqişiga köra Lotin Amerika mamlakatlariga mansub bölgan aholining köpçiligi paradoksal tarzda Trampni, jumladan uning noqonuniy migratsiya masalasidagi qat’iy pozitsiyasini qöllaydi. Bu federal miqyosda ham, ayniqsa janubiy ştatlarda saylovçilarni taşvişga soluvçi ötkir muammolardan biridir. Bu nima uçun ikkilanuvçi ştatlar safidagi Arizona Trampga ovoz berişini ham izohlaydi. Ştat Meksika bilan çegaradoş, çegaraning Meksika tomonini esa narkokartellar nazorat qiladi.
Tramp tomonidan qabul qilingan keskin çoralar çegarani noqonuniy kesib ötiş holatlarini sezilarli darajada kamaytirişga yordam bergandi. Bayden esa bunday qarorlarning köpçiligini bekor qildi, bu esa bölğusi migrantlarni rağbatlantirdi. Yakunda uning boşqaruvi davrida AQŞning Meksika bilan janubiy çegarasini 8 millionga yaqin kişi noqonuniy kesib ötdi — bu Tramp boşqaruvi davridagi (2,4 mln atrofida) bilan soliştirganda uç karra köproq.
Yakunda Bayden Tramp davrida joriy etilgan çoralarni qaytara boşladi va Kamala Harris ham şu yönalişda davom etişini va’da qilgan. Ötgan haftada u Meksika bilan çegaradagi Arizona okrugiga borib, bu yerda AQŞdan boşpana beriş qoidalarini qiyinlaştiriş va noqonuniy migratsiyani çeklaşga qaratilgan boşqa çoralarni va’da qildi.
Hozirça bu saylovçilarni — ayniqsa çegara hududlarda yaşovçilarni işontira olmagan.
«Men uni va prezident Baydenni kuzatdim. Bizda oçiq çegaralar siyosati edi. Hozirda biz bu nimaga olib kelganini körib turibmiz», — deydi mahalliy fermer Jim Çilton Harrisga çegara hududiga qilingan safarda hamrohlik qilgan BBC muxbiriga.
Mamlakatdagi eng muhim okrug
Vitse-prezidentlikka nomzod Tim Uolz Harrisni tarğib qiliş uçun Nebraskaning 2-okrugiga borgan
Sotsiologlar an’anaviy ikkilanuvçi ştatlardan taşqari Nebraska ştatidagi 2-saylov okrugiga ham alohida e’tibor qaratişadi. Bu yerda Nebraskaning aholisi eng ziç joylaşgan va şaharlaşgan qismi, muvaffaqiyatli moliyaviy-iqtisodiy markaz Omaha şahri va uning çekkalarida yaşovçi 600 mingdan ortiq kişi ovoz beradi.
Nebraska — ştatdagi delegatlardan barçasi bir nomzodga ovoz berişi böyiça qoidaga amal qilmaydigan ikki ştatdan biridir (ikkinçi şunday ştat — Men, u doimo demokratlarni qöllaydi). Nebraska beş delegat ovoziga ega; şundan ikkita ovoz ştat ğolibiga beriladi, yana uç ovoz — uçta saylov okrugining har birida ğolib bölganlarga ketadi. Va ştatning katta qismi barqaror ravişda respublikaçilarga ovoz berib kelsa, 2-okrugda ikkilaniş böladi. 2008 yilda uning aholisi Obamani qöllagan; 2020 yilda ham bu yerda ovozlar Baydenga berilgan.
Bu bir ovoz Harrisga katta yordam berişi mumkin. Sotsiologlarning prognozlariga köra, agar u Pensilvaniya, Viskonsin va Miçiganda ğolib çiqsa, unda Nebraskaning 2-okrugidagi ğoliblik unga Oq uyga kiriş uçun zarur böladigan 270 delegat ovozini yiğişni kafolatlaşi mumkin.
Saylovlar arafasida Tramp mavjud tizim bekor qilinişi va Nebraskadagi barça beş ovoz bir nomzodga berilişini közda tutuvçi tizimga qaytarilişiga harakat qildi. Uning ittifoqçilari ştat poytaxtiga muzokaralar uçun borişdi va mahalliy gazetalar u Nebraska qonunçilik kengaşi a’zolariga ularni qoidani özgartirişga köndiriş uçun şaxsan qönğiroq qilgani haqida yozişdi. Ammo taşabbus ötmadi va oldindagi saylovlarda ham 2-okrug öz tanlovini amalga oşiradi.
Şuni ta’kidlaş kerakk, sotsiologlar xato qilişi ham mumkin. 2016 yilgi saylov kampaniyasi davomida Hillari Klinton favorit bölgan va Tramp biror marta ham uni ijtimoiy sörovlarda ortda qoldira olmagandi. Saylovlardan oldin sotsiologlar u Viskonsinda 83,5 foiz, Miçiganda — 78,9 foiz, Pensilvaniyada — 77 foiz ovoz bilan ğolib çiqişini kutişgandi. U esa uçala ştatda va umuman saylovda ham yutqazdi.
Bundan taşqari, saylov kuni yaqinlaşarkan, har bir kutilmagan voqea natijaga mutanosib ta’sir körsatadi. Masalan, 2016 yilgi saylov kuniga bir kun qolganida FQB direktori Jyeyms Komi Kongressga maktub yozib, agentlik Hillari Klintonning elektron xatlari böyiça yangi tergov boşlaganini ma’lum qilgandi. Uning köplab tarafdorlari aynan şu maktubni mağlubiyatning asosiy sabablaridan biri deb bilişadi.