Kataloniya — Ispaniyaning ajralmas qismidir va AQŞ Ispaniya hukumatining mamlakat birligini saqlab qoliş uçun konstitutsion çoralarini qöllab-quvvatlaydi. Bu fikr AQŞ Davlatderpartamenti rasmiysi Hezer Nauert tomonidan bildirildi.
U AQŞ va Ispaniya «xavfsizlik va iqtisodiy tartib sohasida umumiy maqsadlarga egaligi»ni ta'kidlab, bu ikki davlat umumiy maqsadlar yölida qalin hamkorlik qilişini qöşimça qilib ötgan.
Bugun, 27 oktabr kuni Kataloniya parlamenti mintaqa Ispaniyadan mustaqil bölganini rasman tasdiqlaydigan rezolyutsiyani imzoladi. Bir soat vaqt ötib Ispaniya Senati Konstitutsiyaning 155-moddasini qöllaşni ma'qulladi. Bu moddada muxtor hudud mamlakatdagi tartibga daxl qilgan paytda muxtoriyat huquqi töxtatilişi belgilangan. Şu tariqa, senat Kataloniya muxtoriyati rahbariyatini hokimiyatdan çetlaştirib, mintaqada Madridning bevosita boşqaruvini joriy etiş haqidagi rezolyutsiyani qabul qildi.

















