Rossiyalik yakkakuraş jangçisi Aleksandr Yemelyanenko akasi Fyodor Yemelyanenkoning unga yozgan oçiq maktubiga izoh berdi. Fyodor bu maktubida ukasining nomiga keskin fikrlar bildirib, uni sotqin (Iuda) deb atagan.
"Meni bu maktub taajjublantirmadi, hattoki quvontirdi. U maktubda asl başarasini körsatdi va hamma bu odam qançalik tubanligini kördi.
U kimnidir karaxt qiluvçi yoki taajjublantiruvçi heç narsa aytmadi. U meni Iuda deb atadi. Agar men Iuda bölsam, unda u kim? Iso Masihmi?
Menda unga javob bor va u haqda köp narsa ma'lum. Biroq unga loy çaplaşni özimga munosib deb bilmayman. Men u haqda uning özidan köproq narsa bilaman. Agar sen taqvador bölib körinsang, unda şunday bölib qol, yöqsa boşing ustidagi yoğdu xiralaşib qoladi.
Fedyaning "döstlari" haqida ham köp narsa aytişim mumkin. Men ularni "laganbardor" deb hali yumşoq aytdim. Gap şundaki, uning atrofidagilar, döstlari orasida bitta-ikkita ayğoqçi bor. Ular u bilan ulfatçilik qilib, döst ekanliklariga qasam içib, söngra menga qönğiroq qilib, Fedya haqida barçasini, uning qilmişlari haqida hamma narsani sözlab berişadi. Agar unga bu döstlarini qanday atayotganim yoqmasa, unda boşqa odamlar bunday sotqinlarga baho bersin. Şunçaki barça narsani öz nomi bilan ataş kerak. Men ularni laganbardor deganim hali ularni maqtaganimdir", deb aytgan Aleksandr.












