Facebook ijtimoiy tarmoği özida reklama joylaştirişning, jumladan siyosiy reklamalar e'lon qilişning yangi qoidalarini joriy qiladi. Bu haqda ijtimoiy tarmoq asosiçisi Mark Tsukerberg öz sahifasida e'lon qildi.

Uning sözlariga köra, kelasi yili ijtimoiy tarmoqda qaysi sahifa qanday reklamani ilgari surayotganini aniqlaş imkoni paydo böladi. Foydalanuvçilar, şuningdek, reklama beruvçi kampaniya uçun qança tölagani va reklama e'lonlari kimlarga qaratilganini köra oladi. 

«Siyosat olamidagi reklama beruvçilar şaxsiyatlarini tasdiqlaş böyiça köproq ma'lumotlar taqdim etişi lozim böladi. Şundan söng biz reklamaga siyosiy ekanini anglatuvçi tamğa qöyamiz. Ular esa moliyaviy manba kimligini oşkor qilişi talab etiladi», — deb yozgan Tsukerberg.

Bundan taşqari, Facebook mustaqil ravişda siyosiy reklamani topa oladigan böladi.