Madrid farmoni bilan öz lavozimidan çetlatilgan Kataloniya yetakçisi Karles Puçdemon Ispaniyaning muxtoriyat maqomini olib qöyiş hamda Kataloniyani töğridan töğri boşqaruv ostiga ötkaziş böyiça qaroriga qarşi «demokratik kuraş» haqida ma'lum qildi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
«Aniqki, bizning yutuqlarimizni himoya qilişning eng yaxşi şakliga demokratik muxolifat, Ispaniya konstitutsiyasining 155-moddasiga qarşi kuraş aylanadi», - deya ta'kidlab ötdi u.
Puçdemonning qöşimça qilişiça, ular Kataloniya hukumati va parlamentidagi öz lavozimlarida işlaşni davom ettiriş niyatida. Bu Madridning farmoniga zid ravişda röy beradi.
Şu bilan birga, Kataloniya yetakçisi ular «kuç qöllaşga sabab bölişni xohlamasliklari»ni qöşimça qilgan.












