Eron prezidenti Hasan Ruhoniy rasmiy Tehron mudofaa maqsadlarida raketalar tayyorlaşni davom ettirişi haqida ma'lum qildi. U bu haqda parlamentdagi çiqişi vaqtida aytib ötgan, parlament yiğilişi davlat televideniyesi orqali namoyiş etilgan.

«Biz qurganmiz, quryapmiz va kelgusida ham quramiz. Bu xalqaro kelişuvlarni buziş emas», — deya uning sözlarini keltirgan Reuters.

Bundan avvalroq Eron TIV rahbari örinbosari Abbos Arakçi rasmiy Tehron yadro qurolini rivojlantirmasligi haqida bayonot bergandi.