Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Shimoliy Koreya raketalari NATO va Yevropa davlatlarigacha yetib bora oladi»
NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg 29 oktabrda "Iomiuri" gazetasida chop etilgan intervyusida Yevropa davlatlari va NATOga a'zo davlatlar Shimoliy Koreya raketalari yetib boradigan masofada ekanligini, biroq Shimoliy Atlantika alyansi ig‘vogar harakatlarga javob zarbasi berish imkoni va qat'iyatiga ega ekanligini aytgan.
"Biz Yevropa Shimoliy Koreya raketalari yetib boradigan masofada ekanligini tan olamiz. NATO davlatlari ham xavf ostida... Biroq NATO javob zarbasini berish imkoni va qat'iyatiga ega", deb aytgan Stoltenberg intervyuda.
Shu bilan birga NATO bosh kotibi Shimoliy Koreyani muzokaralar stoli atrofiga o‘tqazishga majbur qilish maqsadida unga qarshi bosimni kuchaytirish zarurligini aytgan.
"Shimoliy Koreyani muzokaralar stoli atrofiga o‘tqazish uchun unga bosim o‘tkazish zarur. Biz unga qarshi qo‘llanayotgan iqtisodiy sanksiyalarni qo‘llab-quvvatlaymiz", deb qo‘shimcha qilgan Stoltenberg.
Shimoliy Koreya jahon hamjamiyati tomondan bosim o‘tkazilayotganiga qaramasdan, o‘zining raketa va yadroviy dasturini davom ettirmoqda. Jumladan, Pxenyan 3 sentabrda vodorodli jangovar kallakni muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazganini ma'lum qilgan. Yaponiya va Janubiy Koreya harbiylarining dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra, bu zaryadning kuchi 160 kilotonnani tashkil qilgan. Bu esa 1945 yilda Xirosima va Nagasakiga tashlangan atom bombalaridan 10 marta kuchliroq deganidir.
Mavzuga oid
11:46 / 10.07.2026
Turkiya omili: NATOda zarur, YeIda ortiqchami?
11:30 / 10.07.2026
NATO to‘rt davlat qiyofasida yangi raqibni ko‘rmoqdami?
18:32 / 09.07.2026
«Kuchliroq NATOda kuchliroq Yevropa» – Anqaradagi sammit qanday o‘tdi?
18:10 / 09.07.2026