Kataloniyaliklarning qariyb yarmi (46 foizi) Ispaniya tarkibida qolişni ma'qul köradi. Lekin ular muxtoriyat vakolatlari kengaytirilişini istaşadi. Ularning faqat 1 foizigina hammasi öz holiça qolişini istaydi.
El Pais naşrida e'lon qilingan sörovnoma natijalariga köra, Kataloniyaning Ispaniyadan töla ajralib çiqişi 29 foiz respondent tomonidan qöllab-quvvatlangan. Sörovnoma telefon orqali ötkazilgan va unda 500 kişi qatnaşgan.
27 oktabr kuni Kataloniya parlamenti mintaqa Ispaniyadan mustaqil bölganini rasman tasdiqlaydigan rezolyutsiyani imzoladi. Bir soat vaqt ötib Ispaniya Senati Konstitutsiyaning 155-moddasini qöllaşni ma'qulladi. Bu moddada muxtor hudud mamlakatdagi tartibga daxl qilgan paytda muxtoriyat huquqi töxtatilişi belgilangan. Şu tariqa, senat Kataloniya muxtoriyati rahbariyatini hokimiyatdan çetlaştirib, mintaqada Madridning bevosita boşqaruvini joriy etiş haqidagi rezolyutsiyani qabul qildi.
Şundan keyin Karles Puçdemon kataloniyaliklarni Madrid qaroriga demokratik yöl bilan qarşilik körsatişga çaqirdi.












