Turkmanistonning Mustaqillik kuni 27 oktabrda huquqni muhofaza qiliş organlari bir guruh xodimlariga mamlakat prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning otasi nomidagi - «Mälikguly Berdimuhamedow» («Malikquli Berdimuhamedov») medallari topşirildi.

«Turkmaniston xronikasi» naşriga köra, mukofotga sazovor bölganlar orasida prezidentning öğli – mayor Sardor Berdimuhamedov ham bor, unga podpolkovnik unvoni ham berilgan.

Eslatib ötamiz, Sardor Berdimuhamedov parlament deputati ham sanaladi.

Mamlakat prezidentining matbuot xizmati mukofotga sazovor bölganlar röyxatida Sardor Berdimuhamedovni körsatmagan.

Gurbanguli Berdimuhammedovning bir öğli (Sardor), uç qizi va tört nafar nabirasi bor. U 2007 yildan buyon Turkmaniston prezidenti hisoblanadi.