Atmosferadagi karbonat angidrid (CO2) gazi darajasi 2016 yilda millionga 403 qismdan (403 ppm) oşdi, bu 800 ming yil uçun eng yuqori körsatkiçdir. Şunday ma'lumotlar Butunjahon meteorologiya taşkiloti (JMT) tomonidan duşanba kuni Jyenevada e'lon qilindi.

"Ötgan 800 ming yil davomida sanoatdan avvalgi davrdagi atmosferada CO 2 miqdori 280 ppm’dan kam bölgan bölsa, 2016 yilga kelib jahon miqyosida 403,3 ppm’ga kötarilgan", - deya ta'kidlanadi JMT’ning parnik gazlar töğrisidagi xabarnomasida. 2015 yilga nisbatan ösiş 3,3 ppm’ni taşkil etdi, karbonat angidrid darajasi sanoatdan avvalgi davrga nisbatan (1750 yilgaça) 145%ga yetdi. Meteorologlar bunda ikki omil - inson faoliyati va 2015-2016 yillarda tropik mintaqalarda qurğoqçilikka sabab bölgan El-Nino kuçli tabiat fenomeni kombinatsiyasini körişmoqda.

Ötgan 70 yil içida atmosferada karbonat angidrid darajasining ösiş sur'ati sönggi muzlik davri oxiriga qaraganda deyarli 100 barobarga köp böldi. Bu kabi keskin özgarişlar oldin heç qaçon kuzatilmagan, deya ta'kidlanadi xabarnomada. Tadqiqotlarga köra, CO2’ning hozirgi darajasi bilan teng holat Yerda 3-5 million yil avval mavjud bölgan: öşanda sayyorada harorat Tselsiy böyiça örtaça 2-3 darajaga issiqroq, dengiz sathi esa 10-20 metrga balandroq bölgan.

JMT ma'lumotlariga köra, nafaqat karbonad angidrid, balki boşqa parnik gazlar darajasi ham hozirda sanoatga qadar davrga nisbatan ança yuqori. Xususan, metan (CH4) darajasi 2016 yilda milliardga 1853 qismga (1853 mmb) teng böldi, ya'ni 1750 yildan avvalgi darajadan 226 foiz. Azot oksidi (N2O) hozirda 328,9 mmb darajaga ega, yoki sanoat davridan avvalgi holatdan 128 foiz.