Angliya premer ligasida ötgan dam oliş kunlari 10-tur uçraşuvlari ötkazildi. Bu turda ham Mançester jamoalari ğalaba qilişdi va turnir jadvalida yana oldinga çiqib ketişdi. «Tribuna» turning asosiy voqealarini eslatib ötadi.

POÇeTTINONING «OLD TRAFFORD»DAGI AN'ANASI

Turnir jadvali töplar nisbatiga köra, «Mançester Yunayted» yuqoriroqda turgan bölsa-da, bu öyin oldidan mehmonlarning imkoniyati yuqori baholangandi. Sababi, londonliklarning yetti turdan beri mağlubiyatsiz borayotgani, ayniqsa, «Liverpul» va «Real»ga qarşi juda kuçli öyinlar, öz navbatida «MYu»ning sönggi haftalardagi işonçsiz öyinlari sabab edi. Ammo hafta örtasida Harri Keynning maydonga tuşmasligi aniq bölgaç, imkoniyatlar tenglaşgandek böldi. Mourino aslida öz jamoasida jarohatlanganlar köproq ekanini ta'kidlaşga uringan bölsa-da, tan oliş kerak, Keynning «Tottenhem»dagi örni muhimroq körinayotgandi. 

Mehmonlar öyin davomida bir marta haqiqiy xavfli vaziyat yaratişdi, ammo Dele Alli bundan foydalana olmadi. Balki şu faktning öziyoq, öyinda Keyn yetişmaganini izohlar, ammo «Yunayted» an'anaviy tarzda raqibiga juda kam imkoniyat taqdim etişini «Enfild»dagi öyinda ham körgandik.

Öyin juda köp jihatdan jamoalarning «Old Trafford»da ötgan mavsum öyinini eslatib yubordi. Mezbonlar «Tottenhem»ning himoya çiziğidan hujumni boşlaş (Dayyerning himoya markazida öynaganiga e'tibor bering) uslubini yöqqa çiqardi va himoya-yarim himoya boğlamini kesib qöydi.

Mourino şogirdlari yuqori pressing taşkil etişdi, ammo buni masalan Gvardiolaning yuqori pressingiga öxşatiş qiyin. Odatda Pep yoki Klopp amalga oşiradigan yuqori pressingda butun himoya çiziği ham ança yuqori va boşqa futbolçilarga yaqin joylaşadi va bunday holatlarda uzun paslar orqali himoyani yorib ötiş mumkin. «Mançester Yunayted» esa, raqib jarima maydoni yaqinida köpçilik bölib pressing uyuştirgan bölsa-da, markaziy himoyaçilar ança orqada qoldi. Natijada, «Tottenhem» himoyadan hujumga ötişda qiyinçiliklarga duç keldi. Har ikki murabbiyning öyindan keyingi fikrlari töğri – Poçettino öyin davomida töpni va öyinni nazorat qilganini aytgan bölsa, Mourino «Tottenhem»ni nazorat qilgandi. Farqi, Mourino uçun bu odatiy öyin bölsa, «Tottenhem» örganib qolgan futbol uçun biroz begona edi.

Şunday qilib, Maurisio Poçettino «Old Trafford»dagi törtinçi safarini ham oçkosiz va hatto golsiz yakunladi. «MYu» esa, öz maydonidagi barça öyinlarda ğalaba qozonib, birorta ham gol ötkazmagan «kuçli beşlik»dagi yagona jamoa bölib qolmoqda. Şu nuqtai nazardan, yakuniy natijaning haqli bölganini ayta olamiz.