Foto: hi-news.ru

Yaponiya poytaxti Tokio şahrida bölib ötayotgan avtomobil körgazmasida köplab yangi transport vositalari namoyiş etildi. Biroq ulardan biri taşqi körinişi bilan boşqalarini “soyasida qoldirdi”. Toyoda Gosei firmasi tomonidan işlab çiqilgan kontsept kelgusida öz korpusining dinamik özgarişidan kelib çiqqan holda xavfsizlik standartining yangi me'yorlarini ilgari surişi mumkin. Gap şundaki, uning kuzovi turli vaziyatlarga qarab şaklini özgartira oladi. 

Foto: hi-news.ru

Masalan, kiçkinagina garajga maşinani qöymoqçi bölsangiz, bir tugmaçani bosiş kifoya. Maşina öz hajmini kiçraytiradi. Katta köçaga çiqqanda, aksinça, boşqa maşina bilan bexosdan töqnaşib ketganda jiddiy talofat körmaslik yoxud ehtiyotsiz piyodani jarohatlardan imkon qadar asraş uçun avtomobil ölçamlarini yiriklaştiriş mumkin.

Avtomobilning taşqi qoplamasi elastik materialdan yasalgan bölib, u şaklini özgartira oladi. Kontseptning içki qismiga ham deyarli şu material bilan işlov berilgan. Bu, öz navbatida, yöl-transport hodisasi röy bergan çoğda haydovçi va yölovçini örab oliş yoki dovonda qulay uxlab oliş imkonini beradi. 

Albatta, bu maşina seriyali işlab çiqariladimi, yöqmi, aytiş muşkul. Çunki Toyoda Gosei avtomobil işlab çiqariş bilan umuman şuğullanmaydi. Kompaniya yangi polimer materiallar işlab çiqarişga ixtisoslaşgan bölib, yorqin misollarda taqdim etişga örganib qolişgan. 

Umuman olganda, kompaniya vakillari 2030 yillarga kelib, şunday maşinalarni işlab çiqişda heç qanday tösiq körmayotganlarini bildirişdi, deb yozadi hi-news.ru