Tezkor internet, bepul Wi-Fi, avtoturargohlar va hatto çiqindi baklaridagi datçiklar - Barselona sönggi yillarda namnaviy aqlli şaharga aylandi. Biroq aholiga foyda keltiriş uçun ma'lumotlar töplamining özi yetarli bölmadi. Barselona endi strategiyasini özgartiradi va internet-buyumlardan "internet-fuqarolar"ga ötadi. 

Barselona misolida şahar muhiti uçun internet-buyumlar imkoniyatlarini örganiş mumkin, şu bilan birga, ma'lumotlarni töplaşning bunday tizimlaridagi kamçiliklarni tahlil qiliş mumkin. Masalan, şahar parklaridagi aqlli datçiklar ekinlarni suğorişga sarflanuvçi suvni tejaş va xarajatlarni qisqartiriş imkonini beradi. 

Şuningdek ba'zi loyihalar kutilmagan natijalarga olib keldi. Bunday misollardan biri - köçaning yoritilişi. Barselonadagi şahar fonarlari aqlli LED-lampalar va atrofda odamlar bor yo yöqligini aniqlovçi maxsus datçiklar bilan ta'minlandi. Agar heç kim bölmasa, çiroq öçadi. Biroq hukumat texnologiya uçun boşqa qöllanma topdi va odamlarni jalb qiliş maqsadida şahar bayramlari va boşqa tadbirlar ötkaziluvçi joylarni yoruğlik bilan ta'minlaydigan böldi. 

Ba'zi texnologiyalar samarasiz bölib çiqdi. Masalan, avtoturargohlardagi elektromagnit datçiklar u yerda qança joy böşligi va qançasi band ekanini aniqlaşi kerak edi. Biroq yer ostidan metro ötişi bilan datçiklar buzilib, barça örinlar bandligini körsatgan. Şunday bölsa-da, bunday datçiklar köp qavatli şahar avtoturargohlarida öz samarasini körsatdi va hatto şaharga qöşimça daromad keltirdi.

Françeska Bria Barselona ma'muriyatida texnik direktor lavozimini egallagan, şu bilan birga u şaharning raqamli strategiyasi rivoji bilan şuğullanadi. U Financial Times'ga bergan intervyusida nima uçun aqlli şaharning ba'zi loyihalari muvaffaqiyatsiz natija körsatganiga izoh berdi: "Ma'muriyatning qöliga juda köp ma'lumotlar kelib tuşdi, biroq bu ma'lumotlarni tahlil qiliş va ulardan fuqarolar uçun foyda olişga vaqt bölmagan".

Bria yana bir muammoni internet-buyumlarning yagona standarti yöqligida deb biladi. Turli yetkazib beruvçilarning datçiklari, alohida ilovalar va dasturlar ma'lumotlar tarqoq xaosiga olib keldi. "Barselona özi uçun asosiy saboqni özlaştirdi - yagona platformasiz aqlli şaharni qurib bölmaydi", - deydi Bria.

Barselonaning yangi strategiyasi diqqatni nafaqat ma'lumotlar töplaşga, balki ularning tahliliga ham qaratadi. Texnik direktorning sözlariga köra, endi texnologiyalardan muayyan kun tartibini ilgari suriş uçun emas, fuqarolarga xizmat qiliş uçun foydalaniladi. Barselona hukumati buning uçun oçiq kod va yagona standartli yagona datçiklar tarmoğini yaratişga kirişadi. Tizim şahar hukumatiga tegişli bölsa-da, fuqarolar va kompaniyalar ham ba'zi ma'lumotlarga kiriş imkoniga ega bölişadi.