Amerikaning Forbes jurnali seşanba, 31 oktabr kuni eng köp haq tölanuvçi hayotdan köz yumgan maşhur insonlarning an'anaviy reytingini e'lon qildi. Uni 2009 yilda 50 yoşda vafot etgan Maykl Jyekson navbatdagi marta boşqarmoqda.

Naşr xodimlari hisob-kitoblariga köra, «pop-musiqa qirolining» mehnati samarasi, şuningdek, unga tegişli mulklar bilan boğliq amaliyotlar Jyeksonning merosxörlariga 12 oy içida 75 mln. dollar keltirgan. 2009 yildan beri hammasi bölib esa bu daromadlar umumiy hisobda 1,825 mlrd. dollardan oşib ketgan.

Ikkinçi poğonani ötgan yilning sentabrida vafot etgan professional golfçi Arnold Palmer egalladi. Uning natijasi – 40 mln. dollar. Bu pullar asosan u tomonidan ixtiro qilingan içimlik, şuningdek, boşqa intellektual mulk tufayli kelgan.

Röyxatning uçinçi örnidan 2000 yilda hayotdan köz yumgan amerikalik karikaturaçi Çarlz Şults (38 mln. dollar) joy oldi. 

Reytingda törtinçi poğonani 1977 yilda vafot etgan Elvis Presli egalladi. 

Forbes’ning joriy yildagi reytingida hammasi bölib 13 nafar olamdan ötgan maşhur inson bor, ular orasida olti musiqaçi, ikki nafar kinosanoat vakili, rassom, sportçi, bolalar yozuvçisi, olim va fotomodel bor.

Şuningdek, reytingga xonanda Prins (2016 yilning aprelida vafot etdi, 18 mln. dollar işlab topdi), The Beatles iştirokçisi Jon Lennon (1980 yil – 12 mln. dollar), olim Albert Eynşteyn (1955 yil – 10 mln. dollar), 1950-yillarning fotomodeli Betti Peyj (2008 yil – 7,5 mln. dollar), rok-musiqaçi Devid Boui (2016 yil – 9,5 mln. dollar) va aktrisa Elizabet Teylor (2011 yil – 8 mln. dollar) kirgan.