Fransiya hukumati jiddiy köz kasalliklariga uçragan bemorlar uçun bionik köriş çipi implantantsiyasini tasdiqladi. Tajribada beş kişi iştirok etadi, deb yozadi IEEE Spectrum.
Parijdagi Pixium Vision kompaniyasi tomonidan işlab çiqilgan simsiz çip köz va miyani elektr stimulyatsiya orqali boğlaydi. Çipda Stenford universitetidagi Deniyel Palanker labaratoriyasida işlab çiqilgan Pixium texnologiyasi qöllanadi. 2×2 mm hajmga ega implantant eniga 30 mkn, bu esa inson soçidan uç karra ingiçka degani. U jarrohlik yöli bilan köz pardasi ostiga yoki subrenital böşliqqa joylanadi. Operatsiya atigi 1,5 soat vaqtni oladi.
Çip muvaffaqiyatli işlaşi uçun taşqi kamera va çöntak kompyuteriga ulangan bölişi kerak. Foydalanuvçi kamera örnatilgan közoynakni taqadi. Tasvir biryöla implantni quvvatlantirib, uni infraqizil signalga aylantiruvçi çöntak kompyuteriga uzatadi va közoynakka qaytaradi. Ular, öz örnida, körinmas yoruğlik nurini signallarni elektr tokiga aylantiruvçi çipga loyihalaştiradi. Signal şu tariqa közdagi asab tolalariga va oxir-oqibat miyaga yetib boradi.
Bunday çip birinçi marta 50 yoşdan oşgan kişilarda köriş qobiliyati yöqolişining asosiy sababi hisoblangan makulodistrofiyani davolaşda qöllanilmoqda. Bu kasallikka uçragan odamlar predmetlarni xira yoki qoronğu holatda körişadi va faqat yon tomondan köriş xususiyatiga umid qilişadi. Hozirça şifokorlar bunday taşxis qöyilgan kişilarning köriş qobiliyatini qayta tiklay olişmayapti.
Tajribada beş kişi iştirok etadi, ularning bari jiddiy makulodistrofiyaga yöliqqan bölişi kerak. Pixium Vision vakillarining sözlariga köra, birinçi çip joriy yilning oxiriga qadar implantatsiya qilinadi.












