Tailandning Pxuket orolida Rossiya va Özbekistondan bölgan tört nafar sayyoh qutqarildi, ular qirğoq oldi oqimiga tuşib qolişgan, deb xabar bermoqda TASS.

Hodisa Surin sohilböyida yuz berdi. Özbekistonning uç fuqarosi va bir nafar rossiyalikka yordam talab etilgan.

Çömiluvçilar ortga qaytuvçi oqimga tuşib qolişgan, u turistlarni qirğoqdan katta tezlikda uzoqlaştirib olib keta boşlagan. Mahalliy qutqaruvçilar va köngillilar sayyohlarni qirğoqqa tezkorlik bilan olib çiqişning uddasidan çiqişdi. Qayd etilişiça, tibbiy yordam talab etilmagan.