2017 yil 17 oktabrdan 18 oktabrga ötar keçasi, noma'lum şaxs, özganing mol-mulkini yaşirin ravida talon-toroj qiliş maqsadida, Mirzo Uluğbek tumanida joylaşgan dökonga eşigini buziş yöli bilan ğayriqonuniy ravişda kirib, fuqaro Z.R.ga tegişli bölgan jami 15.000.000 sömlik mol-mulkini öğirlab, jinoyat joyidan yaşiringan. Bu haqda poytaxt IIBB xabar berdi. 

Mazkur holat yuzasidan Mirzo Uluğbek tumani IIB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan Özbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (öğirlik, ya'ni uy-joy, omborxona yoki boşqa xonaga ğayriqonuniy ravişda kirib, özganing mol-mulkini yaşirin ravişda talon-toroj qiliş) alomatlari bilan jinoyat iş qözğatilgan edi. 

Içki işlar organlari xodimlari tomonidan ötkazilgan tergov-tezkor tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni N.B. sodir etganligi aniqlangan.
 
Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boşqa jinoyatlarga aloqadorligi tekşirilmoqda.