Nyu-Yorkda terakt sodir etişda gumonlanayotgan erkak, Özbekistonning sobiq fuqarosi Sayfullo Soipov Uber kompaniyasida haydovçi bölib işlagan, deb xabar qilmoqda CBS News telekanali kompaniya vakiliga tayangan holda.
Uning sözlariga köra, gumonlanuvçi kompaniyada işlagan va tarjimai holidagi ma'lumotlari tekşirilgan.
Qayd etilişiça, Soipov Qöşma Ştatlarga lotereyada grin-kartani yutib olgan holda köçib ketgan. Bu haqda Santa Monica Observer naşri xabar berdi. Diversity Immigrant Visa («Turli millatdagi muhojirlar uçun vizalar») vizalarni öynaş dasturi AQŞ Davlat departamenti tomonidan amalga oşiriladi. Lotereya ğolibi kompyuter orqali tasodifiy tanlov algoritmi böyiça aniqlanadi.
Fox News telekanali ma'lumotlariga köra esa, uning grin-karta muddati ötib ketgan.
Şu bilan birga, politsiya Soipovning yuk maşinasini közdan keçiriş çoğida kabinada arab tilidagi yozuvni topgan. New York Times naşri xabariga köra, unda uning IŞID terrorçilik guruhiga sodiqlik bildirgani aytilgan.
Avvalroq 31 oktabrda Nyu-Yorkning Quyi Manxetten tumanida, Jahon savdo markazi yonida sodir etilgan teraktni Özbekistonning sobiq fuqarosi Sayfullo Soipov amalga oşirganlikda gumon qilinayotgan xabar berilgandi.
Ma'lum qilinişiça, hujum oqibatida Belgiyaning bir fuqarosi halok bölgan va 3 fuqarosi yaralangan. Şuningdek, Argentinaning 5 fuqarosi halok bölgan va bir fuqarosi jarohat olgan.













