2017 yil 13 sentabr kuni soat 11:20 dan 16:20 ga qadar bölgan vaqt oraliğida, N.A. Sergeli tumanida joylaşgan avtomaşinalar yuviş joyida, fuqaro N.R. öziga tegişli bölgan “Lasetti” rusumli avtomaşinasini yuviş uçun qoldirganligi hamda kaliti öt oldiriş joyida bölganligidan foydalanib, uni olib qoçgan. Bu haqda poytaxt IIBB xabar bermoqda.

Içki işlar idoralari xodimlari tomonidan ötkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur avtomaşina Bektemir tumanidagi “Qöyliq” bozorining yonidan topilgan. 

Mazkur holat yuzasidan Sergeli tumani IIB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan Özbekiston Respublikasi JKning 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qoçiş) alomatlari bilan jinoyat işi qözğatilgan va N.A.ni uşlaş çoralari körilgan. 

Içki işlar organlari xodimlari tomonidan ötkazilgan tergov-tezkor tadbirlar natijasida, N.A. aniqlangan va uşlangan. 

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boşqa jinoyatlarga aloqadorligi tekşirilmoqda.