2-3 noyabr kunlar Toşkent şahrida ötkazilişi rejaştirilgan MDH a'zo davlatlar hukumat raislari Kengaşining navbatdagi yiğilişida iştirok etiş uçun yetib kelgan Qirğiziston Respublikasi Boş vaziri Sapar Isaqov özbekistonlik hamkasbi Abdulla Aripov bilan uçraşdi. Qirğizistonlik vazir Abdulla Aripovga mehmondöstlik va yuqori darajada taşkil etilayotgan qabul uçun taşakkurligini bildirgan.

«Biz hamkorlikning qoğozda emas, amalda rivojlanayotganini kuzatmoqdamiz. Özbekiston Respublikasi prezidentining Qirğizistonga tarixiy taşrifi 25 yil davomida yeçilmay qolgan savollarni muhokama etişga imkon berdi. Şuningdek, hukumatlararo ikkitomonlama aloqalarni rivojlantiriş şaroiti paydo böldi», degan Isaqov.

Öz örnida Abdulla Aripov joriy yilning 9 oyi mobaynida mamlakatlar örtasidagi tovar ayirboşlaş hajmi 193 million AQŞ dollarini taşkil etgani, kelgusida uşbu körsatkiçni yiliga 500 million AQŞ dollariga yetkaziş rejada borligini bildirdi.

Bundan taşqari, hukumat rahbarlari «Xitoy-Qirğiziston-Özbekiston» temir yöl transport yölagi ustida olib borilayotgan işlarni muhokama etdi. Şuningdek, ikki davlat örtasida tuzilgan delimitatsiya va demarkatsiya masalalari böyiça işçi guruhning faoliyatiga baho berildi.

Uçraşuv söngida, ikki mamlakat Boş vazirlari özaro hamkorlik şartlarini kelişib olib, har ikki yurtda Madaniyat kunlarini taşkil etişni bildirdi. Yiğilişda Abdulla Aripov hukumat raislari boşçiligida Özbekistonga çegaradoş viloyat rahbarlarining birinçi yiğilişini ötkazişni taklif qildi.