AQŞning Özbekistondagi elçisi Pamela Spratlen, AQŞ elçixonasi madaniyat işlari böyiça xodimi Kirsten Miçener, tarjimon Abdumalik Ismoilov, AQŞ elçixonasi ingliz tili dasturi koordinatori Nodira Melibayeva, Özbekistondagi AQŞ elçixonasi xodimi Ötkir Tajimovlar 2017 yil 30 oktabr kuni Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetiga taşrif buyurdi. Bu haqda universitet rasmiy sayti xabar bermoqda.

Pamela Spratlen rektor A.Reymov bilan çet tillari fakultetida Axborot resurs markazini oçiliş marosimi bölib ötdi. Bu markazga 231 atamadagi 600 dan ortiq kitoblarni sovğa qilişdi. Bunda AQŞning Özbekistondagi elçixonasi tomonidan (beğaraz kömagi) 2017 yil iyun oyida universitetga talabalar ingliz tilini mukammal örganiş uçun bahosi 15,677 ming AQŞ dollari bölgan ingliz tilidagi kitoblar va bahosi 1,218 ming AQŞ dollarilik televizor hamda kompyuter jihozlari ajratilgan. 

Foto: Qoraqalpoq davlat universiteti
Foto: Qoraqalpoq davlat universiteti
Foto: Qoraqalpoq davlat universiteti